XUSUSIYLAShTIRISh - fuqarolarning va davlatga taalluqli bo’lmagan yuridik shaxslarning davlat mulki obyektlarini yoki davlat hissadorlik jamiyatlarining aksiyalarini davlatdan sotib olish.
XO’JALIК MEXANIZMI - ishlab chiqarishni yuqori samarali harakat qilishini ta’minlash maqsadida shaxsiy va jamoa manfaatlariga ta’sir etishining iqtisodiy va hududiy richaglari tizimi.
XO’JALIК XISOBI - xo’jalik yuritish usuli korxonalarning o’z xarajatlarini o’zi qoplashi, o’z-o’zini moliyalash, ishlab chiqarish - xo’jalik faoliyati natijalaridan moddiy manfaatdorlik va javobgarlik kabi qoidalarga asoslanadi. Xo’jalik hisobi korxonalarni foyda keltirib ishlashini ko’zda tutadi va tovar - pul munosabatlariga asoslanadi.
ShAXSIY MULК- jamiyatning alohida a’zolari tomonidan, individual yoki oilaviy ehtiyojlarni qondiruvchi moddiy ne’matlarni o’zlashtirish bo’yicha tarkib topuvchi iqtisodiy munosabatlar, shaxsiy mulk subyekti (egalari), ayrim fuqarolar, uning obyekti esa iste’mol buyumlari (xolodilnik, televizor, mebel va h. k.) turar joy va boshqalar, umuman shaxsiy ehtiyojni qondirishga xizmat qiladigan vositalardir. Uning manbalari quyidagilar: topilgan daromad, merosga olingan yoki in’om sifatida olingan mol-mulk, dividend, bank foizi, xususiy tadbirkorlik daromadi va boshqalar O’zbekiston Respublikasida harakat qiluvchi mulkchilik to’g’risidagi qonunda shaxsiy mulk, umuman, fuqarolar mulki manbalari va uning davlat tomonidan kafolatlari belgilab berilgan.