SOLIQ MULTIPLIКATORI - muvozanatli yalpi milliy mahsulotdagi o’zgarishlarni soliq tushumlaridagi o’zgarishlarga nisbati, ya’ni:
YaMM
Soliq multiplikatori = –––––––––––––––––––––
soliq tushumlari
SOLIQ STAVКASI- soliq solishning ulushi (kvota) birligi. U foizlarda yoki qat’iy pul miqdorida belgilanishi mumkin. Soliq stavkalari quyidagi guruhlarga bo’linadi: a) proporsioial stavka - soliq solish obyektiga teng foizlarda belgilanadi; b) progressiv stavka - obyekt qiymati o’sishi bilan soliq stavkasi o’sib boradi; v) regressiv stavkada soliqlardaromadlarga nisbatan kam o’sadi, ya’ni daromadning kam qismini tashkil etadi, masalan qo’shimcha qiymat solig’i.
SOLIQ TIZIMI- davlat byudjetiga undiriladigan soliqlar turi majmui, ularni yig’ib olish yo’llari va usullarni tashkil etish tushuniladi. Unga soliq turlari, soliq imtiyozlari, soliq stavkasi, soliq undiriladigan daromadlarni aniqlash kabilar kiradi. Soliq tizimini asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: a) soliq to’lovchilar bilan davlat o’rtasida daromadlarni taqsimlash va qayta taqsimlash; b) ma’lum sohadagi faoliyatni rag’batlantirish yoki cheklab qo’yish; v) aholining muayyan tabaqalariga ijtimoiy imtiyozlar berish.
TAShQI QARZ - davlatning xorijiy mamlakatlar, shaxslar, firmalar va muassasalaridan qarzi.