1- mavzu “Iqtisodiyot nazariyasi” fanining predmeti. Iqtisodiy t
SIКLIК BALANSLAShTIRILADIGAN BYUDJET - byudjet siyosatidagi konsepsiyalardan biri. Uni asosida byudjet iqtisodiy sikl davrida muvozanatlashtirish lozim degan qoida yotadi. Davlat bir vaqtning o’zida siklga qarshi choralarni amalga oshiradi va byudjetni muvozanatlashtirishga harakat qiladi. Tanazzulga qarshi chora, deb hukumat soliqlarni pasaytiradi, xarajatlarni oshiradi va ongli ravishda byudjet kamomadini yuzaga keltiradi. Кo’tarilish davrida esa hukumat soliqlarni oshiradi, davlat xarajatlarini kamaytiradi, natijada yuzaga kelgan byudjetning ijobiy saldosi, tanazzul vaqtidagi kamomadni qoplashda ishlatiladi. Ammo asosiy muammo shundan iboratki, iqtisodiy faoliyatning ko’tarilishi va tanazzul vaqti davomiyligi nuqtai nazaridan farq qiladi. Masalan, tanazzul davri 2 yil ko’tarilish davri esa 1 yil bo’lishi mumkin. Unda 2 yilda ongli ravishda yuzaga keltirgan kamomad miqdorini 1 yilda byudjetning ijobiy salьdo miqdori bilan qoplab bo’lmaydi.