PULNING QADRSIZLANIShI - uni xarid quvvatining pasayishi (yana qarang- inflyatsiya).
RASMIY ZAHIRALAR - Markaziy bank ixtiyoridagi xorijiy valyutalar.
RATSIONAL КUTISh NAZARIYASI - gipoteza, unga muvofiq uy xo’jaligi vafirmalar, davlatni pul-kredit va byudjet sohasidagi siyosati iqtisodiyotga ta’sir etadi, deb kutadilar va o’zining foydasidan kelib chiqqan holda ushbu siyosatni samarasiz qiladigan choralarni ko’radilar (qarang, Lukas R.).
MULTIPLIКATOR – 1.muvozanatli sof milliy mahsulotni (SMM) o’zgarishini investisiyalar hajmidagi yoki jami sarflarning boshqa elementlaridagi yoki soliq tushumlarining sof hajmidagi o’zgarishlariga nisbatan ifodalaydi. Кeyns bo’yicha multiplikator investisiyalardagi bilan yalpi milliy mahsulot hajmidagi o’zgarishlar o’rtasidagi bog’liqlikni aks ettiruvchi koeffisient
MULTIPLIКATOR -2.akselyerator mexanizmi - multiplikator va akseleratorni o’zaro harakati va birgalikda yalpi milliy mahsulot (YaMM) dinamikasiga ta’siri. Investitsiyalarni o’sishi-YaMM dinamikasiga multiplikativ ta’sir ko’rsatadi. Akselyerasiya qoidasini ta’siri natijasida YaMM o’sishi indusiriyalangan investitsiyalarni tebranishini yuzaga keltiradi.