1- mavzu “Iqtisodiyot nazariyasi” fanining predmeti. Iqtisodiy t
PULGA UMUMIY TALAB - bitimlar uchun pul va aktivlar tomonidan pullarga talab summasi (qarang, pul bozori).
PULNING AYLANISh TEZLIGI - muomaladagi pul birligini yiliga necha marta tovarlarni sotib olishga xizmat qilish soni.
PULNING VAZIFALARI - pul vositachiligida bajarish mumkin bo’lgan tadbirlar bo’lib, ular 5 tani tashkil etadi: a) tovarlarni qiymat o’lchovi vazifasi, ya’ni barcha tovarda gavdalangan mehnat miqdori pul orqali o’lchanadi; b) muomala vositasi vazifasi, ya’ni tovarlar oldi-sotdi qilinishi muomalasi pul vositasida amalga oshiriladi; v) jamg’arish, xazina to’plash vositasi vazifasi, ya’ni o’zida mehnatni gavdalantirgani uchun boylikning umumiy shakliga aylanadi va kishilar ehtiyojlaridan ortiqcha pullarni jamg’ara boshlaydilar. Lekin pulni boylik sifatida jamg’arilishi uchun uning qadri, xarid quvvatining saqlanishi muhim ahamiyatga ega; g) to’lov vositasi vazifasi, nasiyaga sotilgan tovarlar va xizmatlar haqi to’langan pul to’lov vositasi vazifasini bajaradi; d) jahon puli vazifasini, tovarlar muomalasi bir mamlakat doirasidan chiqaboshlashi va xalqaro savdoning yuzaga kelishi bilan bog’liq. Jahon puli vazifasinioltin, u bilan bir qatorda konvertlangan valyutalar ham bajaradi.