1- mavzu “Iqtisodiyot nazariyasi” fanining predmeti. Iqtisodiy t
IJTIMOIY SIYOSAT – bozor iqtisodiyoti sharoitida davlatning ijtimoiy siyosati kuchayadi. Davlatning ijtimoiy siyosati ijtimoiy jarayonlarini yaxshilab borish uchun davlat tomonidan ko’rilgan umumlashgan chora-tadbirlaridir. Ijtimoiy siyosat jamiyat hayotini iqtisodiy va ijtimoiy tomonlarini qamrab oladi. Uning asosiy yo’nalishlari daromad siyosatidan, baho va ish bilan bandlikni ta’minlashdan, ijtimoiy infratuzilmalardan (ilm-fan, madaniyat, ta’lim, sog’liqni saqlash) va ijtimoiy himoyalashdan iborat.
Ijtimoiy siyosat bozor iqtisodiyoti sharoitida ijtimoiy tabahalanishni yumshatishga qaratilgan. Ijtimoiy siyosat moddiy manfaatdorlikni muvofiqlashtiradi. U aholining turli guruh va qatlamlarini iqtisodiy faollikka chaqiradi va iqtisodiy samaradorlik bilan ijtimoiy samaradorlik o’rtasida huquqiy tenglikni ta’minlaydi.