IShLAB ChIQARISh SAMARADORLIGI - ishlab chiqarishning natijasi, ishlab chiqarilgan mahsulot qiymati hajmini ishlab chiqarish xarajatlari qiymatiga bo’lgan nisbatida ifodalanadi.
IShLAB ChIQARISh USULI - jamiyat taraqqiyotining turli tarixiy bosqichlarida ishlab chiqarish munosabatlari hamda bu munosabatlarga xos bo’lgan ishlab chiqaruvchi kuchlarning birligini va o’zaro ta’siri birgalikda ishlab chiqarish usulini tashkil etadi. Uning quyidagi turlari mavjud:
1. An’anaviy ishlab chiqarish usuli. Bu usul sust rivojlangan ko’pgina mamlakatlarda mavjud. Bu ishlab chiqarish usulida ishlab chiqariladigan mahsulotlar va xizmatlar ko’p yillab o’zgarmaydi. U sekin o’zgaradigan urf-odatlar bilan belgilanadi. An’anaviy ishlab chiqarish oddiy takror ishlab chiqarish holatida bo’ladi.
2. Ma’muriy buyruqbozlik tizimidagi ishlab chiqarish usuli. Bu usul sosialistik tizimda bo’lgan davlatlarga oid bo’lib, bu davlatlarning iqtisodiyoti aralash iqtisodni tashkil etadi. Bu ishlab chiqarish usuli xususiyati mulkning umumiy ekanligi va ishlab chiqarish natijasi bo’lgan moddiy ne’matlar markazdan taqsimlanishiga, xo’jalik bo’g’inlarida iqtisodiy mustaqillikning mavjud emasligiga asoslanadi.
3. Aralash iqtisodiy tizimdagi ishlab chiqarish usuli. Davlatning iqtisodga aralashuvi inkor etilmaydi.Lekin ishlab chiqarish usulini rivojlanishi turli mulk shakllariga asoslangan bo’lgan xolda uni bozor belgilaydi.Davlat bilan bozor ishlab chiqarish usulini rivojlanishini ta’minlaydi.
4. Bozor iqtisodiyoti tizimidagi ishlab chiqarish usuli, turli mulkchilik shakllariga va erkin raqobatga asoslangan xolda tashkil topadi.
Dostları ilə paylaş: |