TAShQI SAVDO BALANSI - ma’lum davr mobaynida (oy, chorak, yil), eksport va import qiymati o’rtasidagi nisbat. Tashqi savdo balansiga, naqd to’langan va kredit hisobiga amalga oshirilgan tovar bitimlar kiritiladi. Savdo balansi ikki turga bo’linadi: a) aktiv balans, bunda eksport importdan ortiq va mamlakatga tashqaridan valyuta oqib kelib, moliyaviy ahvoli faollashadi; b) passiv balans, bunda import eksportdan ustun, mamlakatdan valyuta chiqib keta boshlaydi, moliyaviy ahvol zaiflashadi. Eksport va import nisbati quyidagilarga bog’liq bo’ladi: a) oldi-sotti qilinadigan tovarlarning turi va miqdoriga; b) tovarlarning narhiga. Savdo balansi holati mamlakatdagi milliy ishlab chiqarish darajasiga, mamlakatning halqaro savdodagi ishtirokiga, mamlakat tovarlarini dunyo bozorida raqobatlasha olishiga bog’liqdir. Savdo balansi xolati mamlakatga valyuta kirib turishini izohlaydi, mamlakatning to’lov balansini shakllantiradi. O’zbekistonda 1992 yilda xorijiy mamlakatlarga 870 million AQSh dollari miqdorida mahsulot eksport qilingan bo’lsa, 1993 yilda bu ko’rsatkich 920 million 2001 yilning 9 oyi ichida esa 2380,6 mln dollarni tashkil etdi. Bu o’tgan yil shu davriga nisbatan 5,6 % ko’pdir.
Ulgurji savdo- tovar muomalasini shakllaridan biri, uning vositasida korxonalar o’rtasida iqtisodiy aloqalar amalga oshiriladi. O’zbekistonda ulgurji savdo asosan tovar, xom ashyo birjasi orqali amalga oshiriladi.
EКSPORT -tovarlar, xizmatlar va kapitalni sotish maqsadida chet el bozorlariga chiqarish eksport import bilan bir qatorda xalqaro ijtimoiy mehnat taqsimoti bilan bog’langan va tashqi savdoning tarkibiy qismidir. Eksportni quyidagi ko’rinishlari mavjud 1. Tovar eksporti - bunda moddiy ne’matlar chetga chiqariladi. 2. Xizmatlar eksporti - bunda xorijdagi sheriklarga to’lov evaziga turli xil xizmatlar ko’rsatiladi. 3. Кapital eksporti - bunda chet mamlakatlarga turli obyektlar qurish va ishga tushirish uchun mablag’ (kapital) qo’yiladi.