1- mavzu “Iqtisodiyot nazariyasi” fanining predmeti. Iqtisodiy t
TALAB HAJMINI O’ZGARIShI - tovarlarni narhini o’zgarishi natijasida xarid qilinayotgan tovarlarni miqdorini o’zgarishi. Masalan, guruch narhini pasayishi unga bo’lgan talab hajmini oshiradi va aksincha.
Talabga ta’sir etuvchi g’ayrinarxiy omillar - talabga narxdan bo’lak ta’sir etuvchi omillar. Bular:
1. Iste’molchilar didlarining o’zgarishi. Masalan, jismoniy sog’lom bo’lish keng yoyilsa, bunda sport anjomlariga talab oshadi.
2. Sotib oluvchilar sonining o’zgarishi. Masalan, aholining kamayishi xaridorlarning kamayishiga olib keladi, buning natijasida tovar va xizmatlarga bo’lgan talab kamayadi.
3. Daromadlarning o’zgarishi, daromadlarning o’sishi insonlarni mahsulot sotib olish imkoniyatlarini oshiradi, bu esa talabning usishiga olib keladi va aksincha.
4. Bir-biriga bog’liq tovarlar baholarining o’zgarishi. Masalan, videomagnitofon bahosining pasayishi videokassetalarga bo’lgan talabni oshiradi.
5. Iste’molchilarning kutishidagi o’zgarishlar. Masalan, biron davlatda iqtisodiyot keyingi yilda tanazzulga yuz tutishi kutilmoqda, bu esa inflyatsiyaning o’sishi demakdir. Buning natijasida insonlarning ko’chmas mulk, uzoq muddat ishlatiladigan uy-ruzg’or anjomlariga bo’lgan joriy talabi oshadi.