ShIRКAT – umumlashgan mulk va hamkorlik asosida ish yuritish faoliyati.
XOLDING – aksionyerlar kompaniyasi bo’lib, bir yoki bir necha aksionyerlar jamiyatlarini faoliyatlarini boshqarish maqsadida ularning aksiyalarini nazorat paketiga ega bo’ladilar. Xolding kompaniyasi sof xolding va aralash xolding ko’rinishida bo’ladi. Sof xolding umumiy boshqaruvni ta’minlash uchun moliyaviy nazorat vazifalarini bajaradi. Aralash xolding moliyaviy nazorat vazifalaridan tashqari tadbirkorlik faoliyatlari bilan ham shug’ullanadi. U boshqa firmalarning nazorat paketini qo’lga olib, ularni ishlab chiqarish faoliyatini o’ziga bo’ysuntiradi. Xolding kompaniyasi faoliyati aksiya paketlarii boshqarish bilan chegaralanmay, birja va boshqa operatsiyalardan dividentlar yig’ish, boshqaruvga, direktorlar kengashiga va boshqa qaramog’idagi kompaniyalarga vakillar tayinlash bilan ham shug’ullanadi.
FOYDA - sof daromadni asosiy shakli, mahsulotni sotiladigan bahosi va uning tannarhi o’rtasidagi farq asosida vujudga keladi. Foyda korxonalar faoliyatining samaradorligini ko’rsatuvchi umumiy ko’rsatkichdir.
FOYDA NORMASI – ishlab chiqarilgan qiymat ko’rinishidagi foyda massasini ishlab chiqarish xarajatlariga bo’lgan nisbatini foizda ifodalanishiga aytiladi.
FIRMA - foyda olish maqsadida resurslardan foydalanib, tovar va xizmatlar ishlab chiqaruvchi tashkilot, bitta yoki bir necha korxonalarga egalik qiladi va boshqaradi.
FIRMA - foyda olish maqsadida resurslardan foydalanib, tovar va xizmatlar ishlab chiqaruvchi tashkilot, bitta yoki bir necha korxonalarga egalik qiladi va boshqaradi.