1- mavzu “Iqtisodiyot nazariyasi” fanining predmeti. Iqtisodiy t
TAShQI XARAJATLAR – ishlab chiqarish jarayonini rivojlantirish uchun, tashqaridan keltirilgan xom-ashyo, ishlab chiqarish vositalari yoki texnologiyalari uchun sarf etiladigan qiymat shaklidagi xarajatlardir.
TANNARX - korxonalar mahsulot tayyorlashga qiladigan sarflarning pul shaklida ifodalanishi. Mahsulot tannarxini hisoblash iqtisodiyotning har bir tarmog’ida o’z xususiyatiga ega. Shuning uchun ham amalda mahsulot birligi tannarhi, yuk tashish tannarhi, qurilish-montaj ishlari tannarhi kabi tarmoq hisob-kitob usullari qo’llaniladi. Birlik tannarxini qilingan sarf harajatlarni tayyorlangan mahsulot yoki bajarilgan ishlarning miqdoriga bo’lish orqali hisoblanadi. Sanoatda tovar mahsuloti tannarxi qo’llanib, o’z navbatida 2 ta turga - sex, korxona va to’la yoki tijorat tannarxiga bo’linadi. Sex tannarhi shu sex doirasida, korxona tannarhi korxona doirasidagi tovar ishlab chiqarish xarajatlarini o’z ichiga oladi. To’la tannarh esa barcha ishlab chiqarish xarajatlaridan tashqari, tovarni iste’molchiga yetkazib berish bilan bog’liq bo’lgan xarajatlarni o’z ichiga oladi. Mahsulot tannarxiga quyidagilar kiradi: a) xom ashyo va materiallar; b) yoqilg’i va moylash materiallari; v) elektr energiya harajatlari; g) amortizatsiya ajratmasi; d) ish haqi; e) ijtimoiy sug’urta ajratmalari; j) umumiy ishlab chiqarish harajatlari; z) umumiy xo’jalik harajatlari. Bozor iqtisodiyotiga o’tilishi munosabati bilan «Кorxonalar va tashkilotlardan olinadigan soliqlar to’g’risidagi» O’zbekiston Respublikasi qonuniga binoan tibbiyot sug’urtasiga to’lov, majburiy sug’urta to’lovi, qisqa muddatli bank kreditiga foiz ajratmasi to’lovlari joriy etilishi tannarx tarkibiga qo’shimcha harajatlar kiritdi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida mahsulot ishlab chiqarish va sotish tannarx miqdoriga bog’liqdir. Zero, ishlab chiqarish uchun eng asosiy masala: yuqori foyda olish va raqobatda yutish tannarxini qanchalik kamaytira olishga bog’liq bo’ladi.
TADBIRКOR - foyda olish maqsadida yangi texnologiyalarni va jamiyat ehtiyojlarini qondirish usullarini izlash bilan bog’liq bo’lgan iqtisodiy jarayonning ishtirokchisi.