SOF FOYDA – korxonaning yalpi ishlab chiqargan mahsulotining umumiy qiymatidan, uni ishlab chiqarish uchun sarf qilingan umumiy xarajatlarini ayrmasidan qolgan qismiga aytiladi.
SOF DAROMAD- milliy daromadning bir qismi, xalq xo’jaligida yaratilgan qo’shimcha mahsulotni puldagi ifodasi. Sof daromad foyda, renta, foizga bo’linadi, ya’ni ularning jami jamiyat miqyosida sof daromadni tashkil etadi.
RENTABELLIК - korxonaning ishlab chiqarish samaradorligini aks ettiruvchi kuch. U korxonani foyda olish darajasini ko’rsatadi. Xo’jalik amaliyotida uning ikki ko’rinishi qo’llaniladi: a) foydaning tannarhga nisbati; b) foydaning asosiy ishlab chiqarish fondlari va aylanma mablag’lariga nisbati. Rentabellik ko’rsatkichi foizda hisoblanadi.
REAL DAROMAD- nominal (pul) daromadi miqdoriga sotib olish mumkin bo’lgan tovar va xizmatlar miqdori. Agarda nominal daromad narhlarga nisbatan tez sur’atlarda o’ssa unda real daromad o’sib boradi va aksincha. Real daromadni o’zgarishini qo’yidagicha ifodalash mumkin: