Iqtisodiyot nazariyasi



Yüklə 119,01 Kb.
səhifə77/179
tarix02.01.2022
ölçüsü119,01 Kb.
#43428
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   179
1- mavzu “Iqtisodiyot nazariyasi” fanining predmeti. Iqtisodiy t

ZARURIY MAHSULOT - Zaruriy ish vaqti davomida yaratilgan mahsulotga zaruriy mahsulot deyiladi. U ishchi va xodimlarning oladigan ish haqiga to’g’ri kelishi yoki rivojlangan mamlakatlardagidek aholi qo’liga nafahalar, imtiyozlar ko’rinishida kelib tushishi mumkin.

MEHNAT - kishilarning ongli, aniq maqsadga qaratilgan faoliyat jarayoni bo’lib, ular ana shu faoliyat yordamida moddiy ashyolarni va tabiat kuchlarini o’zgartirib o’z ehtiyojlarini qondirishga moslashtiradilar.

MEHNAT BIRJASI - doimiy ish joyini yo’qotgan ishsizlarni ro’yxatga olish, ularga nafaqa to’lash, yangi ish o’rni topib joylashtirish va boshqa kasb-hunarga o’qitishni tashkil etib berish kabi vazifalarni bajaruvchi muassasa. Mehnat birjasining mamlakat bo’yicha bosh boshqarmasi, viloyat va tumanlarda esa bo’limlari mavjud bo’ladi.

TARIF SETКASI - ikkinchi, uchinchi va hokazo razryad stavkasiga ega bo’lgan ishchilarni, birinchi razryad stavkasiga nisbatini aniqlovchi shkala. Yagona tarif setkasini davlat ishlab chiqib, joriy etadi. Shuningdek, davlat tomonidan belgilangan minimal ish haqi darajasi tarif setkasiga asosan ish haqini belgilashni asosi bo’ladi. Кeyingi razryadga taalluqli bo’lgan ishchilarni ish haqlari razryad oralaridagi belgilangan koeffitsientga ko’ra hisoblab chiqariladi.


Yüklə 119,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin