MEHNAT VOSITALARI - insonlarni mehnat predmetiga moddiy ne’matlar olish maqsadida, ta’sir o’tkazish vositasi sifatida xizmat qiladigan buyumlar. Mehnat vositalari, mehnat qurollari, ya’ni mashinalar dastgohlar, uskunalar, asbob-anjomlar, shuningdek, ishlab chiqarish binolari, inshootlari, yo’llar, ko’priklar, kanallar va hokazolarni o’z ichiga oladi. Mehnat buyumlari va mehnat vositalari birgalikda ishlab chiqarish vositalarini tashkil etadi.
MEHNAT RESURSLARI- ijtimoiy ishlab chiqarishning shaxsiy omili hisoblanib, mamlakat aholisining ishga layoqatli qismidan iborat.