NOMINAL ISh HAQI - ishchi va xizmatchini ma’lum ish vaqt davrida sarflagan mehnatining miqdori va sifatiga ko’ra oladigan pul qiymati. Nominal yalpi milliy mahsulot - joriy narhlarda hisoblangan yalpi milliy mahsulot, YaMM darajasini hisoblash maqsadida nominal YaMM va real YaMM tushunchalar farqlanadi, ya’ni ular pulda hisoblangan ko’rsatkichlar, uning miqdori narhlar ta’sirida o’zgarishi mumkin. Faraz qilamizki, mamlakat joriy yildagi narhlarda hisoblaganda YaMM 465 mlrd. dol. tashkil etdi, bu nominal yalpi milliy mahsulotni tashkil etadi.
ZARURIY MEHNAT- ishchi va xodimlar tomonidan zaruriy mahsulotni yaratish uchun sarflangan mehnat.
ISh VAQTI - ishchining mehnat burchini bajarishi lozim bo’lgan vaqt. Ish vaqti - ish soati, kuni, haftasi, oyi va yili bilan o’lchanadi. Ish vaqti zaruriy va qo’shimcha vaqtlarga bo’linadi.