IShBAY ISh HAQI - ishchining bajargan ish miqdoriga ko’ra haq to’lash usuli.
IShChI КUChI - insonning jismoniy va aqliy qobiliyatlari yig’indisi va mehnatga layoqati bo’lib, har qanday jamiyat ishlab chiqarishining asosiy sharti hisoblanadi. Mamlakat aholisining jismoniy va mehnatga layoqatli qismi uning ishchi kuchi hisoblanadi.
ZARURIY ISh VAQTI- sarflangan ish vaqtining bir qismi. Zaruriy ish vaqti davomida ishchi o’zining yashash sharoitini ta’minlash uchun zarur bo’lgan qiymatdagi mehnat mahsulotini yaratadi. Zaruriy ish vaqtining umumiy sarflangan ish vaqtidagi ulushi miqdori ishchilarning mehnat unumdorligi darajasi, mehnatning intensivligi, ish haqi darajalariga bog’liq bo’ladi. Zaruriy ish vaqti ishchi sarf etgan jismoniy va aqliy quvvatini qayta tiklash, malakasini oshirish, o’zi va oila a’zolarining hayot kechirishini ta’minlash uchun zarur bo’lgan mablag’ni yaratadi.