Iqtisodiyot nazariyasi



Yüklə 119,01 Kb.
səhifə86/179
tarix02.01.2022
ölçüsü119,01 Kb.
#43428
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   179
1- mavzu “Iqtisodiyot nazariyasi” fanining predmeti. Iqtisodiy t

DIFFERENSIAL RENTA – yer uchastkalarining unumdorligidagi va joylashgan joyidagi farqlar natijasida vujudga keladigan qo’shimcha daromad.

DIFFERENSIAL RENTA 1 – yerlarning tabiiy unumdorligidagi farqlar natijasida vujudga keladigan qo’shimcha sof daromad.

DIFFERENSIAL RENTA 2 – yerlarning iqtisodiy unumdorligini oshirish natijasida vujudga keladigan qo’shimcha sof daromad.

QIShLOQ IJTIMOIY INFRATUZILMASI - odamlar turmush faoliyatining umumiy sharoitlarini ta’minlaydigan sohalar.

ABSOLYUT RENTA – yerning qanday bo’lishidan qat’iy nazar undan foydalanganligi uchun to’lanadigan ijara haqi.

AGROSANOAT INTEGRASIYASI - qishloqxo’jaligi bilan unga xizmat qiluvchi va mahsulotni iste’molchilarga etkazib beruvchi tutash tarmoqlar o’rtasida ishlab chiqarish aloqalarining kuchayishi hamda ularning uzviy ravishda birikish jarayoni.

AGROSANOAT MAJMUI - xalq xo’jaligida qishloq xo’jalik mahsulotlarini etishtirish, ularni saqlash, qayta ishlash va iste’molchilarga yetkazib berish bilan shug’ullanuvchi tarmoqlarining jami bo’lib, asosan to’rt sohani o’z ichiga oladi.

Birinchi soha - qishloq xo’jaligiga ishlab chiqarish vositalarini yetkazib beradigan sanoat tarmoqlari, shuningdek, qishloq xo’jaligidagi ishlab chiqarishga texnika xizmatini ko’rsatadigan tarmoqlar.

Ikkinchi soha - qishloq xo’jaligining o’zi.

Uchinchi soha - qishloq xo’jaligi mahsulotlarini iste’molchilarga yetkazib berishni ta’minlaydigan (tayyorlash, qayta ishlash, saqlash, tashish, sotish) tarmoqlar.

To’rtinchi soha - agrosanoat majmui tarkibida mahsulot ishlab chiqarishni hamda kishilarning hayoti va faoliyatining umumiy sharoitlarini ta’minlaydigan infrastrukturalar.

5-mavzu. Milliy iqtisodiyotning va makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar, milliy boylik. Iqtisodiy o‘sish va uning omillari


Yüklə 119,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin