YALPI MAHSULOTNI INFLIRLASh VA DEFLIRLASh - YaMM real hajmini nominal YaMMni narx indeksiga bo’lish orqali aniqlash (qarang, real YaMM).
YALPI MILLIY MAHSULOT(YAMM) - bir yil mobaynida mamlakatda ishlab chiqarilgan mahsulotlar va xizmatlar yig’indisining bozor narhlarida ifodalanishidir. Bir mahsulotni takroriy hisoblashga yo’l qo’ymaslik uchun YaMM ga korxona tomonidan yaratilgan qo’shilgan qiymat kiritilishi zarurdir. Pirovard mahsulot yoki qo’shilgan qiymat korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulot miqdorini bozor bahosidan iste’mol qilingan xom-ashyo va materiallar ayirmasiga teng. YaMM ni ikki, ya’ni xarajatlar va daromadlar yo’li bilan hisoblash mumkin. Xarajatlar bo’yicha YaMM quyidagilarni jamlash orqali hisoblanadi: shaxsiy iste’mol uchun xarajatlar, ya’ni aholini iste’mol buyumlari va xizmatlarni sotib olishga qilgan xarajatlari; korxonalar (firma) yalpi investitsiyalari, ya’ni ularni mashinalar, dastgohlarni sotib olishga, hamma qurilishga, zahiralarning o’zgarishi bilan bog’liq bo’lgan barcha xarajatlari; davlat tomonidan tovar va xizmatlar xaridi, ya’ni davlat va uning organlari tomonidan korxonalar pirovard mahsuloti va ishlab chiqarish omillari xarid qilish bilan bog’lik xarajatlar; sof eksport, ya’ni ushbu mamlakat tovarlari va xizmatlari uchun xorijiy xarajatlarning ana shu mamlakat fuqarolari va tashkilotlari chet el tovar va xizmatlari uchun sarflangan xarajatlardan ortiqcha miqdori. Daromadlar bo’yicha yalpi milliy mahsulot yollanma ishchilarning ish haqini renta to’lovlarni, foizni, korporatsiyalardan daromadlar bilan bog’liq bo’lmagan ikkita to’lov turi iste’mol qilingan kapitalga ajratmalari hamda korporatsiyalarni bilvosita soliqlari miqdorini jamlash orqali hisoblanadi.
SOF MAHSULOT- moddiy ishlab chiqarish sohasida korxona yoki tarmoqda yangidan yaratilgan qiymatni xarakterlovchi ko’rsatkich. Sof mahsulot, yalpi mahsulotdan iste’mol qilingan ishlab chiqarish vositalari qiymatiga farq qiladi. Rejalashtirish va statistikada sof mahsulot, yalpi yoki tovar mahsulotidan moddiy xarajatlarni (uni ichiga asosiy fondlar amortizatsiyasi ham kiritiladi) ayirib tashlash orqali aniqlanadi. Hamma tarmoqlarni sof mahsulotlarning jami ishlab chiqarilgan milliy daromadni tashkil etadi.