Renta tulovlari iqtisodiyotni resurslar (kapital, yer) bilan ta'minlovchi uy xo'jaliklarining oladigai daromad hisoblanib, korxona xarajatlari tarkibiga kiradi.
Foiz pul kapitali egalariga pul daromadi to'lovlaridan iborat. Bunda davlat tomonidan amalga oshiriladigan foizli to'lovlar, foizli daromadlar tarkibidan chiqariladi.
Mulkdan olinadigan daromadlar ikki turga bo'linadi: bir qismi mulkga daromad yoki boshqa qismi esa korporatsiyalar foydasi deyiladi.
4-§. Yalpi talab va yalpi taklif
Yalpi talab - bu barcha iste'molchilar, ya'ni aholi, korxonalar ka davlat sotib olishi mumkin bo'lgan narxlar darajasida turli tovarlar va xizmatlarning umumiy hajmini, yoki milliy yaqtisodiyotdagi real pul daromadlari hajmnii bildiradi.
Boshqa sharoitlar o'zgarmay qolganda, narx darajasi qancha past bo'lsa, iste'molchilar (mamlakat ichidagi hamda chet eldagi) milliy ishlab chiqarish real hajmining shuncha katta qismini va aksincha, narx darajasi qancha yuqori bo'lsa, shuncha kam qismini sotib oladi. Shunday qilib, narx darajasinshi oshishi, boshqa sharoitlar o'zgarmay qolganda shilab chikarishning real hajmiga yalpi talab hajmining kamayishiga sabab bo'ladi. Aksincha, narx darajasining pasayishi ishlab chiqarish hajmi yalpi talabning oshishiga olib keladi. Yalpi talabga narxdan tashqari ta'sir qiluvchi omillarning o'zgarishi ham milliy ishlab chiqarish hajmining o'zgarishiga olib keladi.
Bu yalpi talab hajmiga ta'sir etuvchi narxdan tashqari omillar quyidagilardir:
Dostları ilə paylaş: |