Iqtisodiyot nazariyasi


Yalpi taklif hajmiga ta'sir qiluvchn omillar



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə152/267
tarix26.04.2022
ölçüsü0,64 Mb.
#56398
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   267
Iqtisodiyot nazariyasi

Yalpi taklif hajmiga ta'sir qiluvchn omillar. Yalpi taklifga narxdan tashqari bir qator omillar ta'sir ko'rsatadi. Bu omillardan bir yoki bir nechtasining o'zgarishi yalpi taklifning o'zgarshpiga sabab bo'ladi. Yalpi taklifning narhdan tashqari bu omillari bitta umumiy hususiyatga ega: agar ular o'zgarsa, mahsulot birligiga ishlab chiqarish xarajatlari ham o'zgaradi. Natijada yalpi taklif egri chizish joyini o'zgartiradi.

Yalpi taklifga narxdan tashqari ta'sir qiluvchi omillar.

1. Resurslar iarxining o'zgarishi. Resurslar narxi - tayyor mahsulot narxidan farq qilib, yalli xaklifning muhim omili hisoblanadi. Boshqa sharoitlar o'zgarmay qolganda, resurslar narxining oshishi mahsulot birligiga xarajatlarning ko'payishiga, resurs narxlarining pasayishi esa xarajatlarning kamayishiga olib keladi. Resurs narxlariga bir qator omillar ta'sir ko'rsatadi. Resurslar taklifining ko'payishi ular narxini pasaytiradi va natijada mahsulot birligiga xarajatlar kamayadi. Resurslar taklifining kamayishi esa qarama-qarshi natijaga olib keladi. Endi aloxdda resurslar taklifi o'zgarishining yalpi taklifga ta'sirini qarab chiqamiz.

Yer resurslari — yangi yerlarning ochilishi, sug'orish, yangi texnik takomillashuvlar tufayli ko'payish mumkin. Yer resurslari taklifining ko'payishi yerga bo'lgan sarflarning kamayishiga olib keladi va shu orqali mahsulot birligaga to'g'ri keladigan xarajatlarni pasaytiradi. Irrigatsiya qurilmalari shahobchalarining kengayishi, intensiv dehqonchilikni qo'llash tufayli yer resurslarining kamayishi qarama-qarshi natijaga olib keladi.


Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   267




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin