Iste'molchi qarzlari. Iste'molchi qarzlari ko'p bo'lganda, u joriy daromadini qarzlarga to'lab, o'zlarining bugungi sarflarini qisqartirish mumkin. Aksincha, iste'molchi qarzdor bo'lmasa, ular bugungi sarflarini ko'paytirishga tayyor bo'ladi.
Soliq. Daromad solig'i stavkasining kamayishi, narxlarning mavjud darajasida iste'molchilik sarflarini ko'paytiradi, soliqlarning oshishi iste'molchilik sarflarini kamaytiradi.
2. Investitsnon sarflar.Investitsion sarflar, ya'ni ishlab chiqarish vositalarini xarid qilish, yalpi talabning narhdan tashqari muhim omili hisoblanadi. Narxlarning mavjud darajasida korxona sotib olishi mumkin bo'lgan yangi ishlab chiqarish vositalarining kamayishi yalpi talabning kamayishiga, aksincha korxona sotib oladigan investitsion tovarlar hajmining ko'payshpi yalpi talabning ko'payishiga olib keladi Investitsion sarflarni o'zgartirish mumkin bo'lgan narxdai tashqari omillarni aloxida- aloxida qarab chiqamiz.