Iqtisodiy o'sish — YAMM (SMM, MD) miqdorining mutloq va aholi jon boshiga xamda iqtisodiy resurs xarajatlari birligi hisobiga qo'payishida va sifatining yaxshilanishida ifodalanadi.
Iqtisodiy o'sish mezoni— iqtisodiy o'sishni nisbatan to'liq darajada baholash imkonini beradigan ko'rsatkichni xarakterlaydi.
Iqtisodiy o'sishning ko'rsatkichlari. iqtisodiy o'sishni aniqlashda foydalaniladigan qiymat va natural (jismoniy) ko'rsatkichlar tizimidan iborat.
Ekstensiv iqtisodiy o'sish- ishlab chiqarishga qo'shimcha iqtisodiy resurslarni jalb qilish orqali ishlab chiqarish xajmining ortib borishi.
Intensiv iqtisodiy o'sish — ishlab chiqarish olmillarining mavjud darajasida, ulardan foydalanish samaradorligini oshirish orqali mahsulot ishlab chiqarish hajmining ko'payib borishi.