Ixtiyoriy ishsizlik tabiiy ishsizlik turi bo'lib, bunda mehnatga layoqatli kilishilarining mehnat faoliyatidan o'z xohishi bo'yicha chetlashgan, ya'ni ishlashni xoxlamaydigan qismi tushuniladi.
Institutsional (muassasaviy) ishsizlik ham tabiiy ishsizlikning navbatdagi turi hisoblanadi. Ishsizlik bu turini mehnat bozori infratuzilmasi amal qilishi hamda shu bozorda talab va taklifni o'zgartiruvchi omillar keltirib chiqaradi.
Texnologik va hududiyishsizlik majburiy ishsizlik turlari hisoblanadi.
Texnologik ishsizlik ishlab chiqarishning amal qilishida texnologik usullar bir-birining o'rniga kirib kelishi bilan birga boradi. Ularning ichida asosiylari mexanizatsiya, avtomatlashtirish, robotlashtirish va informatsion gexnologiyani qo'llash hisoblanadi.
Hududiy ishsizliktarixiy, demografik, madaniy, milliy va ijtimoiy — psixologik xarakterdagi bir qator kompleks omillar bilan bog'liq.
Yashirin ishsizlik uchun ish kuni yoki ish haftasi davomida to'liq band bo'lmaslik xarakterli. U o'z ichiga ishchi kuchining ishlarining to'liq hajmini bajarmaydigan bir qismini oladi.