Uning tarkibiy elementlari qo'yidagilar xisoblanadi: asosiy xalqaro to'lov vositalari (milliy valutalar, oltin, xalqaro valuta birliklari - SDR, Yevro), valuta kurslarini belgilash va ushlab turish mexanizm, xalqaro to'lovlarini balanslashtirish tartibi, valutaning qaytaruvchanlik sharoiti, xalqaro valuta bozori va olish bozori tartibi, valuta munosabatlarini tartibga soluvchi davlatlararo muassasalar tizimi.
Jahon valuta tizimi o'zining rivojlanishida uchta bosqichdan o'tdi va ularning har biriga xalqaro valuta munosabatlarini tashkil qilishning o'z tiplari mos keladi. Birinchi bosqich 1879-1934 yillar davrini o'z ichiga olib, bunda oltin standart sifatidagi pul tizimi ustunlikka ega bo'lgan. Ikkinchi jahon urushi oxiri (1944 y.) dan 1971 yilgacha oltin —devizli (Breton-Vudsk tizimi deb nomlanuvchi) tizim ustunlikka ega bo'lgan. Bu ikki tizim qayd qilinadigan valuta kurslariga asoslangan.Hozirga davrda amal qiluvchi jahon valuta tizimi 1971 yilda tailsil topgan bo'lib, bu tizim boshqariladigan suzib yuruvchi valuta tizimi nomini oldi. Chunki davlat ko'shimcha o'z valutalarining xalqaro qiymatini o'zgartirish uchun valuta bozorining faoliyat qilishiga aralashadi.
Dostları ilə paylaş: |