Xizmatlar eksporti tovarlar eksportidan farq qiladi. Chet ellik iste'molchilarga xizmat ko'rsatish, chet el valutalarini olish bilan bog'liq bo'lib, u milliy chegarada amalga oshiriladi masalan, chet el kompaniyasi vakillariga pochta, telegraf xizmati ko'rsatish, chet el fuqarolariga sayyohlik xizmati ko'rsatish va h.k.
O'zbekistonning tashqi savdosida xorijiy davlatlarning salmog'i quyidagi ma'lumotlar bilan xarakterlanadi.
10-jadval
Xorijiy va MDH davlatlarining Respublika tashqi
savdosidagi salmog'i, 1998 yil % hisobida
|
Tashqi savdo aylanmasi
|
Shu jumladan
|
|
|
Eksport
|
Import
|
MDH davlatlari
|
96,9
|
26,0
|
27,8
|
Xorijiy davlatlar
|
73,1
|
74,0
|
72,2
|
Kapital eksport qilish, ham o'ziga xos xususiyatlarga ega bo'ladi. Kapital eksporti kredit berish yoki chet el korxonalari aksiyalariga maqsaddi qo'yilmalar kabi shakllarda amalga oshirilib, kapital chiqarilgan vaqtda eksport qiluvchi mamlakatdan mablag'lar oqimini taqozo qiladi va shu orqali tasarrufida bo'lgan resurslar hajmini qisqartiradi. Boshqa tomondan, kapital eksporti chet davlatlarning mazkur mamlakatdan bo'lgan qarzlarini ko'paytiradi. U jahon bozoriga tovarlarning keyingi eksporti uchun qulay sharoit yaratadi va chet el valutasida foiz yoki divident shaklida barqaror daromad olish omili hisoblanadi.
Import zksportdap farq qilib chet ellik mijozlardan tovarlar /xizmatlar/ sotib olib, ularni mamlakatta keltirilgan bildiradi. Tovarlar eksporti va importi summasi tashqi savdo oboroti yoki tovar oborotni beradi. Qandaydir mamlakat ishlab chiqaruvchi mamlakatdan tovarpi o'z iste'moli uchun emas, balki uchiichi mamlakatta qayta sotish uchun olgan taqdirda reeksport ro'y beradi. Reeksport bilan reimport uzviy bog'liq. Reimport iste'molchi mamlakatdan reeksport tovarni sotib olishni bildiradi.
O'zbekistonda tashqi savdo aylanmasi va uning tarkibi quyidagi ma'lumotlar bilan xarakterlanadi.
11-jadval
Dostları ilə paylaş: |