4-§. Xalqaro savdoning mazmuni, tuzilishi va xususiyatlari
Hozirgi jahon rivojining xarakterli belgisi tashqi iqtisodiy aloqalarning, avvalo jahon savdosining tez o'sishi hisoblanadi. Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning tarkibiy qismi hisoblangan jahon savdosi tashqi savdo oboroti, eksport va import kabi ko'rsatkichlar bilan xarakterlanadi.
Eksport - tovarlarni chet ellik mijozlarga sotish bo'lib, bunda mazkur mamlakatlarda ishlab chiqarilgan tovar mamlakatdan tashqariga chiqariladi.
Ko'plab mamlakatlar, cheklangan resurs bazasiga va tor ichki bozorga ega bo'lib, o'zlarining ichki iste'moli uchun zarur bo'lgan barcha tovarlarni yetarli samaradorlik bilan ishlab chiqarish holatida bo'lmaydi. Bunday mamlakatlar uchun eksport kerakli tovarlarni olishning asosiy yo'li hisoblanadi.
Jahon savdosida tovarlarning eksport tarkibi fan-texnika Revolutsiyasi va xalqaro mehnat taqsimotining chuqurlashuvi ta'siri ostida o'zgaradi. Hozirgi davrda jahon savdosining eksport tarkibida qayta ishlovchi sanoat mahsulotlari o'ringa ega bo'lib, uning hissasiga jahon tovar ayriboshlashning 3/4 qismi to'g'ri keladi. Oziq-ovqat, xom-ashyo va yoqilgi ulushi faqat 1/4 qismini tashkil qiladi.
Dostları ilə paylaş: |