Iqtisodiyot nazariyasi



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə248/267
tarix26.04.2022
ölçüsü0,64 Mb.
#56398
1   ...   244   245   246   247   248   249   250   251   ...   267
Iqtisodiyot nazariyasi

Jahon infratuzilmasi. Tovarlar, ishchi kuchi, moliyaviy vositalarning milliy chegaralar orqali to'xtovsiz o'sib boruvchi harakati butun jahon infratuzilmasining rivojlanishi va takomillashuvini tezlashtiradi. Juda muhim transtport tizimi (dengiz, daryo, havo, temir yo'l transporti) bilan bir qatorda jahon iqtisodiyotining rivojlanishida axborot kommunikatsiyalar tarmog'i tobora ko'proq ahamiyat kasb etib boradi. Munosib umumjahon infratuzulmasi bo'lmasa, hozirgi ishlab chiqaruvchi kuchlarning baynalminallashuvini rivojlantirib bo'lmaydi. Bunday infratuzilmaning ayrim tarkibiy qismlari jahon savdosi vujudga kelayotgan, jahon bozori tashkil topayotgan vaqtda paydo bo'lgan.

Hozirgi davrda birjalar, moliya markazlari, yirik sanoat va savdo birlashmalari misli ko'rilmagan tezlik bilan operativ ma'lumotlar olishga va ularni ishlab chiqishiga imkon beruvchi eng yangi texnik vositalar bilan jihozlangan. Rivojlangan mamalakatlarda keng tarmoqli axborot majmuasi tashkil topmoqda, uning ta'siri amalda iqtisodiyotning barcha tarmoqlari va sohalariga yoyilmoqda.

Hozirgi sharoitda ilmiy va tijorat axborotlar ayniqsa qimmatlidir. Shu sababli turli xalqaro darajalarda maxsus «ma'lumotlar banklari» tashkil topmoqda, bular ilmiy va ishlab chiqarish maqsadlari uchun zarur axborotni qidirib topishni ancha yengillashtiradi. Jahon infratuzilmasi turli ziddiyatlarni bartaraf qilish orqali rivojlanadi.

Xalqaro ayiriboshlash tovarlarda materiallashgan shakllardan nomaterial aloqalarga tobora ko'proq o'rin bo'shatadi, ya'ni fan-texnika yutuqlari, ishlab chiqarish va boshqarish tajribasi, xizmatning boshqa turlari bilan ayirboshlash o'sib boradi. Hisob-kitoblarga ko'ra hozirga kunda xizmatlar jahon yalpi milliy mahsuloti (YAMM)ning 46 foizini tashkil qiladi.



Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   244   245   246   247   248   249   250   251   ...   267




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin