Iqtisodiyot nazariyasi



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə154/267
tarix26.04.2022
ölçüsü0,64 Mb.
#56398
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   267
Iqtisodiyot nazariyasi

Tadbirkorlik layoqati. Vaqg o'tishi bilan mamlakatda tadbirkor kishilar soni ko'payadi va bu yalpi taklifga ta'sir ko'rsatadi. Masalan keyingi vaqtda Respublikada tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga asosiy e'tiborni qaratilishi bunday faoliyat bilan shug'ullanishga harakat qiluvchi kishilar sonining ko'payishiga olib kelishi muqarrar va bu o'z navbatida yalpi taklifni oshiradi.

Import resurslar narxlari. Chet ellardan resurslar importi Milliy iqtisodiyotda yalpi taklifning ko'payishiga olib keladi. Import resurslariga narxlarning pasayishi milliy iqtisodiyotda yalpi taklifni oshiradi, narxning oshishi esa yalpi taklifni kamaytiradi. Keyingi davrda import resurslarga narxning o'zgarishiga olib kelayottan asosiy omillardan biri - valuta kurslarining o'zgarib turishi hisoblanadi. Bu qanday ro'y berishini tushunib olish uchun chet el valutalarning so'mga nisbatan narxi tushadi, ya'ni so'mning qiymati ko'tariladi deb faraz qilamiz. Bunda korxonalarga har bir so'm uchun ko'proq chet el valutalari olish imkoniyati vujudga keldi va bu milliy ishlab chiqaruvchilar uchun chet el resurslarining so'mda ifodalangan narxi tushganligini bildiradi. Bunday sharoitda milliy korxonalar chet el rssurslari importini ko'paytiradi va ishlab chiqarishning mavjud darajasida mahsulot birligiga xarajatlarning kamaytirishga ershdadi. Aksincha, chet el vakillarining so'mga nisbatan narxlari oshgan taqdirda, ya'ni so'm qadrsizlanganda import resurslari narxlari ko'tariladi. Natijada bu resurslarning importi kamayadi, mahsulot birligiga xarajatlar ortadi.


Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   267




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin