Valuta kurslari. Boshqa valutalarga nisbatan milliy pud kursining o'zgarishi sof eksportga va demak yalpi talabga ta'sir ko'rsatadi. Faraz qilaylik, iyenaning dollardagi narxi o'sadi. Bu shuni bildiradiki, dollar iyenaga nisbatan qadrsizlanadi va iyena kursi ko'tariladi. Dollar va iyena o'rtasidagi yangi nisbat natijasida yaponiyalik iste'molchilar iyenaning ma'lum summasiga ko'proq dollar olishi mumkin. Demak, yaponiyalik iste'molchilar uchun amerika tovarlari yaponiyanikiga qaraganda arzonroq bo'ladi. Shu bilan birga amerikalik iste'molchilar dollarning ma'lum summasiga kamroq yaponiya tovarlarini sotib olishi mumkin. Bunday holda kutish mumkinki, Amerika eksporti o'sadi, importi kamayadi. Sof eksportning ko'payishi o'z navbatida AQSH yalpi talabining ko'payishiga olib kelishini bildiradi.
Yalpi taklif — mavjud narx darajasida sotish mumkin bo'lgan, sotishga chiqarilgan va tayyorlangan turli-tuman tovarlar va xizmatlarning hajmidir.Bu narxlarning har xil mumkin bo'lgan o'rtacha darajasida ishlab chiqarishning mavjud real hajmini ko'rsatadi. Ancha yuqori narxlar qo'shimcha tovarlar ishlab chiqarish uchun rag'bat yaratadi. Narxlarning past darajasi tovar ishlab chiqarishning qisqarishiga olib keladi. Shu sababli narxlar va milliy ishlab chiqarish hajmi o'rtasida to'g'ridan-to'g'ri yoki bevosita bog'liqlik mavjud bo'ladi.