Iqtisodiyot nazariyasi



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə257/267
tarix26.04.2022
ölçüsü0,64 Mb.
#56398
1   ...   253   254   255   256   257   258   259   260   ...   267
Iqtisodiyot nazariyasi

Oltin standart tizim qayd qilingan valuta kursining mavjud bo'lishini ko'zda tutadi. Banklar o'zlari chiqargan bank-notlarni oltinga almashtirgan. Xalqaro to'lovlarni muvofiqlashtirish vositasi bo'lib, oltinni erkin chiqarish va kiritish xizmat qilgan. Mamlakat, uchta shartni bajarsa oltin standart qabul qilingan deb hisoblangan. a) O'z pul birligining ma'lum oltin mazmuii o'rnatadi; b) O'zining oltin zahirasi va pulning ichki taklif o'rtasidagi qatgiq nisbatni ushlab turadi; v) Oltinning erkin eksport va importiga to'sqinlik qilmaydi. Oltin strandart pul birligining oltin mazmuni nisbatiga asoslanadi. Oltin standart sharoitida, turli mamlakatlar pul birligining nisbati ularning rasmiy oltin mazmuni bo'yicha o'rnatiladi.

Oltin standart barbod bo'lgandan keyin, valuta sohasini tartibga solishning o'zaro maqbul yo'lini topishga harakat qilindi. Yangi jahon valuta tizimi asoslarini ishlab chiqish maqsadida, 1944 yil Bretgon-Vudsda (AQPT) shtifoqchi davlatlarning xalqaro konferensiyasi chaqirildi. Bu konferensiyada o'zaro bog'liq valuta kurslarini tartibga solish tizimini yaratish haqidagi kelishuvga erishildi va bu ko'pincha Bretton - Vuds tizimi deb ataladi. Mazkur tizim oldingi oltin standartdan keskin farq qilmaydi. Uning asosida oltin -valuta standart (AQSH dollari) yotadi va bu yerda rezervlar sifatida oltin va dollar chiqadi.

Dollarning oltinga almashinishi rasman to'xtagandan keyin, valutaning qayd qilingan kursi, suzib yuruvchi kursiga o'rin bo'shatadi. Xalqaro valuta tizimidagi bu o'zgarish 1976 yil Kingston (Yamayka) dagi kelishuvga binoan huquqiy jihatdan mustahkamlanadi. Qog'oz pul tizimiga o'tish bilan, qog'oz pullar oltinga almashtirilmaydi. Beqaror kurslar sharoitida valuta kursi ham har qanday boshqa baho kabi talab va taklifning bozor kuchlari bilan belgilandi.

Har qanday valuta tizimining eng muhim tarkibiy qismlaridan biri valuta kursi hisoblanadi. Valuta kursi bir mamlakat valutasining boshqa mamlakat valutasidagi ifodalanishini kursatadi.

Valuta kurslariga bevosita ta'sir ko'rsatuvchi omillar ichidan quyidagilarni ajratib kursatish mumkin:

- milliy daromad va ishlab chiqarish xarajatlari darajasi;

- milliy iste'molchilarning real xarid qilish layoqati va mamlakatdagi inflatsiya darajasi;

- valutalarga talab va taklifga ta'sir kursatuvchi to'lov balansi holati;

- mamlakatdagi foiz stavkasi darajasi;

- valutaga jahon bozoridagi ishonch va h.k.

Nazariy jihatdan valuta kurslarining tebranishini tushuntirish, xarid qilish layoqatining paritet (turli mamlakatlar pul birliklari qiymatining bir-biriga nisbati) nazariyasi yordamida beriladi. Bu nazariyaga ko'ra, kurslar nisbatlarni aniqlash uchun, ikki mamlakat iste'molchilik tovarlari «savati» narxlarini taqqoslash talab qilinadi. Masalan, agar O'zbekistonda bunday «savat», aytaylik besh ming so'm, AQShda esa 100 dol. tursa, 5 mingni yuzga bo'lib, 1 dol. ning bahosini hosil qilamiz, bu 500 so'mga teng.

Agar O'zbekistonda muomaladagi pul massasining ko'payishi oqibatida, tovarlar bahosi ikki marta oshsa va barcha sharoitlar teng bo'lganda dollarning so'mga ayirboshlash kursi ikki marta oshadi.




Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   253   254   255   256   257   258   259   260   ...   267




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin