Iqtisodiyot nazariyasi


Rasm bor 1-rasm. Iste'mol tovarlari bozori va resurslar bozori hamda bozor subyektlari o'rtasida resurslar, mahsulot va daromadlar harakati



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə43/267
tarix26.04.2022
ölçüsü0,64 Mb.
#56398
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   267
Iqtisodiyot nazariyasi

Rasm bor

1-rasm. Iste'mol tovarlari bozori va resurslar bozori hamda bozor subyektlari o'rtasida resurslar, mahsulot va daromadlar harakati
Rasmdan ko'rinib turibdiki, uy xo'jaliklari va davlat iqtisodiy resurslarga egalik qilib, ularni resurslar bozoriga yetkazib beradi. Korxonalar resurslarga talab bildiradi. Korxonalar resurslarni sotib olishga qilgan xarajatlari resurslarni yetkazib beruvchilarning daromadlari (ish haqi, renta, foiz va foyda) oqimini tashkil qiladi.

Uy xo'jaliklari resurslarni sotishdan olinadigan pul daromadlarini sarflash jarayonida son-sanoqsiz ko'p tovar va xizmatlarga o'zlarining talabini bildiradi. Bir vaqtda korxonalar aynan shu bozorda tovar va xizmatlarni taklif qiladi. Tovar va xizmatlarga iste'molchilik sarflari oqimi korxonalarning pul tushumi yoki daromadini tashkil qiladi.

Iqtisodiy resurslar bozorining tarkibiy qismini ishchi kuchi bozori tashkil qiladi. Ishchi kuchi bozorida — o'ziga xos xususiyatga ega bo'lgan iqtisodiy resursning oldi-sotdi bitim amalga oshiriladi. Bu bozorda biznes tomonidan ishchi kuchiga bo'lgan talab, uy xo'jaliklari tomonidan bildirilgan ish kuchi taklifi bilan to'qnash keladi. Shunday ekan, ishchi kuchi bozorida iqtisodiy subyektlarning ikki turi — tadbirkorlar va yollanma ishchilar harakat qiladi. Ishchi kuchi insonni mehnat qilish qobiliyati sifatida tovarga aylanadi, bu qobiliyat bozor orqali uning egasidan ajratib olinishinn bildirmaydi. Ishchi kuchi bozorida insonning o'zi emas, uning mehnat qilish qobiliyati ma'lum muddatga sotiladi.

Ishchi kuchi bozorining aniq namoyon bo'lish shakllarida eng muhimi — mehnat birjasidir. Mehnat birjasi — ishchilar va tadbirkorlar o'rtasidagi ishchi kuchini oldi-sotdi bitimini tuzishda vositachilikni amalga oshiruvchi va ishsizlarni ro'yxatga oluvchi muassasa.

Moliya bozori. Bu bozor turli-tuman va ko'p jihatli bo'lsa ham, oldi-sotdi obyekti bitta, ya'ni pul (pulga tenglashtirilgan qog'ozlar) hisoblanadi va turli xil shakllarda bo'ladi. Ortiqcha mablag'larga ega bo'lgan xo'jalik subyektlari, bu moliyaviy resurslarni, mablag'lar kamyobligini sezgan subyektlarga taklif qiladi.

Moliyaviy bitimlarning xarakteriga qarab, moliya bozorini turkumlash mumkin. Bunda moliyaviy bozor ikkiga ajraladi qarz majburiyatlari (iste'molni qondiradigan pul) va kapital (mulk) bozori. Qarz majburiyatlari bozorida pul vaqtincha qarz hisoblanadi va olingan pul shaxsiy iste'mol uchun ishlatiladi. Mulk bozorida qo'yilgan puldan daromad olish xuquq sotiladi va sotib olinadi. Bu bozorda mablag'lar kapital sifatida ishga solinib, foyda keltiradi. Shuni hisobga olib kapital bozorini ikkita bo'g'inga ajratish mumkin: ssuda kapitali bozori va qimmatli qog'ozlar bozori. Ssuda kapitali bozori - pul shaklidagi kapitalping foiz to'lash sharti bilan qarzga berilishidir. Bu bozorda qisqa muddatli majburiyatlar muomalada bo'ladi. Bular asosan davlat va banklarning majburiyatlari hisoblanadi.

Qimmatli qog'ozlar bozorida aksiya, obligatsiya, vekssl, chek, depozit kabilar oldi-sotdi qilinadi. Bular davlat tomonidan chiqarilgan uzoq muddatli majburiyatlar hamda korporatsiyalarning aksiya va obligatsiyalaridan iboratdir. Bu bozorda broker va dilerlar vositachilik qiladi. Mazkur bozor amalda fond birjalari, auksionlar va banklardan iborat bo'ladi.

Qimmatli qog'ozlarning harakati xususiyati bo'yicha moliya bozori birlamchi va ikkilamchi (hosila) bozorlarga bo'linadi. Birlamchi bozorda yangi nusxadagi qog'ozlar sotiladi va sotib olinadi, ikkilamchi bozorda oldin chiqarilgan qimmatli qog'ozlar harakat qiladi. Birlamchi bozorda qimmatli qog'ozlar sotilsa, ikkilamchi bozorda qayta sotiladi.

Iqtisodiyot uchun qimmatli qog'ozlarning ikkilamchi bozori favqulodda muhim ahamiyatga ega. U xo'jalik subyektlari o'rtasida moliyaviy vositalarning erkin harakat qilishini ta'minlaydi.


Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   267




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin