Iqtisodiyot nazariyasining fan sifatida shakllanishi



Yüklə 10,27 Kb.
səhifə1/2
tarix24.12.2023
ölçüsü10,27 Kb.
#193102
  1   2
Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti


REJA:

Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti va bilish usullari


    • Iqtisodiyot nazariyasining fan sifatida shakllanishi

1
    • Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti va vazifalari

2
    • Iqtisodiy jarayonlarni ilmiy bilishning uslublari

3
Iqtisodiyot nazariyasi fani shakllanishi jarayonida bir qancha g‘oyaviy oqimlar, maktablar vujudga kelgan.
merkantelizm
fiziokratlar
Klassik maktabi
marjenalizm
neoklassik
Keynschlik maktabi
marksizm
monetarizm
ekonomiks
Iqtisodiy oqimlardan dastlabkisi merkantilizm deb atalgan. Bu oqim tarafdorlari odamlarning, jamiyatning boyligi puldan, oltindan iborat, boylik savdoda, asosan tashqi savdoda – muomala jarayonida paydo bo‘ladi, ko‘payadi, savdoda band bo‘lgan mehnat unumli mehnat, boshqa mehnatlar esa unumsizdir, deb tushuntirib keldilar. Keyinchalik ayirboshlash, ya’ni savdo jarayonida hech qanday boylik yaratilmasligi, qiymatning ko‘paymasligi ma’lum bo‘lib qoldi. Faqat ayriboshlashning ekvalentlik tartibi, ya’ni teng mehnatga teng boylik muvozanati buzilgan taqdirda boylik birovlar foydasiga qayta taqsimlanadi, natijada kimdir boyib, kimdir xonavayron bo‘lib boradi.
Keyingi oqim fiziokratlar deb atalgan. Ular merkantilistlardan farqli o‘laroq, boylik qishloq xo‘jaligida yaratiladi va ko‘payadi, degan g‘oyani olg‘a surdilar. Ularning vakili bo‘lgan F.Kene mashhur «Iqtisodiy jadval» asarini (1758) yozdi va unda fiziokratizm maktabi asoslarini yaratdi. Uning nazariy va siyosiy dasturini ta’riflab berdi. Bu asarda F.Kene almashuvning ekvivalentlik ta’limotini ilgari surdi. Uning fikricha almashuv yoki savdo boylik yaratmaydi, almashuv jarayonida teng miqdorli qiymatlarning almashuvi ro‘y beradi, tovarlarning qiymati bozorga kirmasdan oldin mavjud bo‘ladi.
Keyinchalik iqtisodiyot fanining klassik maktabi namoyondalari bo‘lmish A.Smit, U.Petti, D.Rikardo kabi atoqli iqtisodchi olimlar boylik faqatgina qishloq xo‘jaligidagina emas, balki shu bilan birga sanoat, transport, qurilish va boshqa xizmat ko‘rsatish sohalarida ham yaratilishini isbotlab berdilar va hamma boylikning onasi yer, otasi mehnat, degan qat’iy ilmiy xulosaga keldilar. Shuni aytish kerakki, A.Smitning “ko‘rinmas qo‘l” prinsipi hozirgi kunda juda ko‘p tilga olinmoqda. U o‘zining “Xalqlar boyligining tabiati va sabablari to‘g‘risida tadqiqot” (1776) degan kitobida insonni faollashtiradigan asosiy rag‘bat xususiy manfaatdir deb ko‘rsatadi.
Ulardan keyin marksizm deb nomlangan nazariy yo‘nalish o‘zlarining nazariyasida jamiyat taraqqiyotiga tabiiy-tarixiy jarayon deb qarab, ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyalar, ularning iqtisodiy tuzumi, tarkibiy qismlari, vujudga kelish, rivojlanish va boshqasi bilan almashish sabablari to‘g‘risidagi ta’limotni hamda qo‘shimcha qiymat nazariyasini yaratdilar.
XIX asrning oxirgi choragidan iqtisodiyot nazariyasining yangi yo‘nalishi «ekonomiks» vujudga kela boshladi. Avvvalo, aytib o‘tish kerak, mazkur yo‘nalish klassik ilmiy yo‘nalishning asosiy belgilariga ega edi. Birinchidan, ushbu yo‘nalish tadqiqotchilari iqtisodiyotni tadqiq etishda bilish usullarining keng doirasiga tayanishadi. Ular birinchi bo‘lib xo‘jalik jarayonlarining miqdoran o‘zaro bog‘liqliklarini aniqlashda matematik usullardan, iqtisodiy psixologiya usullaridan foydalanishdi. Ikkinchidan «ekonomiks» vakillari iqtisodiyot nazariyasining predmeti sifatida insonlar o‘rtasidagi tashkiliy-iqtisodiy munosabatlarni qarashdi (klassiklarda ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar). Ne’matlar doiraviy aylanishida asosiy va belgilovchi bo‘lib bozorga oid ayirboshlash bitimlari tan olindi.
Iqtisodiyot nazariyasi predmetining yangicha talqini xo‘jalik yuritishning bozor tizimi to‘g‘risidagi marjinalizm deb atalgan butun bir ta’limotga olib keldi. U inglizcha so‘zdan olingan bo‘lib, oxirgi, qo‘shilgan degan ma’noni beradi. Uning asoschilari Avstriya iqtisodiy maktabining namoyondalari (Karl Menger, Fridrix fon Vizer, Bem-Baverk va boshqalar) bo‘lib, ular tomonidan qo‘shilgan tovar nafliligining, qo‘shilgan mehnat yoki resurs unumdorligining pasayib borish qonuni degan nazariyalar ishlab chiqildi. Marjinalizm nazariyasi aniq olingan tovarga bo‘lgan talab va uning narxi o‘rtasidagi bog‘liqlik va o‘zaro ta’sirini tahlil qilishda keng qo‘llanildi.
Iqtisodiyot nazariyasining yangi yo‘nalishi neoklassik, ya’ni yangi klassik deb nom oldi. Bu nazariyaning yirik namoyondalaridan biri A.Marshall bo‘lib, u iqtisodiy jarayonning funksional bog‘lanishi va funksional nisbatlarini ishlab chiqishga harakat qildi, bozor muvozanatini va narxni aniqlovchi omillar talab va taklifdan iborat deb qaradi. Bu nazariy yo‘nalishning namoyondalaridan biri shveysariyalik iqtisodchi Leon Valras bo‘lib, u umumiy iqtisodiy muvozanat modelining nusxasini ishlab chiqishga harakat qildi.
1936 yilda ingliz iqtisodchisi Jon Meynard Keyns o‘zining «Bandlik, foiz va pulning umumiy nazariyasi» degan kitobida makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar: milliy daromad, kapital xarajatlar, iste’mol va jamg‘arishning o‘zaro bog‘liqligini tahlil qilib, investitsiya va iste’molning eng maqsadga muvofiq tarzda tashkil topishi iqtisodiy taraqqiyotning muhim omili deb ko‘rsatadi. Keyns ta’limoti, ya’ni keynschilik maktabi ta’sirida iqtisodiyotda makroiqtisodiy tahlil yo‘lga qo‘yildi. U davlatning iqtisodiyotni boshqarishda faol qatnashishi zarurligini isbotladi.
Hozirgi zamon iqtisodiyot nazariyasining muhim yo‘nalishlaridan biri monetarizm deb ataladi. Agar Keyns nazariyasining ishlab chiqilishida markaziy muammo ishsizlik bo‘lgan bo‘lsa, monetarizm nazariyasining asosiy muammosi ishlab chiqarish hajmining pasayib borish sharoitida inflyatsiyaning vujudga kelishidir.
Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti – iqtisodiy resurslar cheklangan sharoitda jamiyatning cheksiz ehtiyojlarini qondirish maqsadida moddiy ne’matlarni (va xizmatlarni) ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol qilish jarayonida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlarni, ijtimoiy xo‘jalikni samarali yuritish qonun-qoidalarini o‘rganishdan iborat
Iqtisodiyot nazariyasi fanining vazifasi
Bilish vazifasi
Amaliy vazifa
Uslubiy vazifa
G`oyaviy-tarbiyaviy vazifa

Yüklə 10,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin