Iqtisodiyot nazariyasining fan sifatida shakllanishida turli XIL oqimlarning roli. Reja


Iqtisodiyot nazariyasida merkantilizm va fiziokratlar oqimlarining asosiy fikr va g’oyalari



Yüklə 40,28 Kb.
səhifə4/7
tarix09.06.2023
ölçüsü40,28 Kb.
#127954
1   2   3   4   5   6   7
KURS ISHI

Iqtisodiyot nazariyasida merkantilizm va fiziokratlar oqimlarining asosiy fikr va g’oyalari

Iqtisodiyot nazariyasi predmetining yangicha talqini xo'jalik yuritishning bozor tizimi to'g'risidagi maijinalizm deb atalgan butun bir ta’limotga olib keldi. U inglizcha so'zdan olingan bo'lib, oxirgi, qo'shilgan degan ma'noni beradi. Uning asoschilari Avstriya iqtisodiy maktabining namoyondalari (Karl Menger, Fridrix ion Vizer, Bem-Baverk va boshqalar) bo'lib, ular tomonidan qo'shilgan tovar nafliligining, qo'shilgan mehnat yoki resurs unumdorligining pasayib borish qonuni degan nazariyalar ishlab chiqildi. Marjinalizm nazariyasi aniq olingan tovarga bo'lgan talab va uning narxi o'rtasidagi bog'liqlik va o'zaro ta’sirini tahlil qilishda keng qo'llanildi. Iqtisodiyot nazariyasining yangi yo'nalishi neoklassik, ya’ni yangi klassik deb nom oldi. Bu nazariyaning yirik namoyondalaridan biri A. Marshall bo'lib, u iqtisodiy jarayonning funksional bog'lanishi va funksional nisbatlarini ishlab chiqishga harakat qildi, bozor muvozanatini va narxni aniqlovchi omillar talab va taklifdan iborat deb qaradi. Bu nazariy yo‘nalishning namoyondalaridan biri Shveysariya iqtisodchisi Leon Valras bo'lib, u umumiy iqtisodiy muvozanat modelining nusxasini ishlab chiqishga harakat qildi. Avstriya iqtisodiy maktabining namoyondasi Y.Shumpeter 1912 yilda yozgan “ Iqtisodiy taraqqiyot nazariyasi” deb atalgan kitobida iqtisodiy tizimlar o'zgarishining ichki kuchlarini, ularning ichki mazmunini va turtki beruvchi kuchini ko'rsatishga harakat qildi va u iqtisodiyotni harakatga keltiruvchi asosiy kuch tadbirkorlik degan xulosaga keladi. 1936 yilda ingliz iqtisodchisi Jon Meynard Keyns o ‘zining “ Bandlik, foiz va pulning umumiy nazariyasi” degan kitobida makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar: milliy daromad, kapital xarajatlar, iste’mol va jamg'arishning o ‘zaro bog‘liqligini tahlil qilib, investitsiya va iste'molning eng maqsadga muvofiq tarzda tashkil topishi iqtisodiy taraqqiyotning muhim omili deb ko‘rsatadi. Keyns ta’limoti, ya’ni kcynschilik maktabi ta’sirida iqtisodiyotda makroiqtisodiy tahlil yo‘lga qo'yUdL U davlatning iqtisodiyotni boshqarishda faol qatnashishi zarurligini isbotladi. Keyns taklif etgan konsepsiyaning mohiyati quyidagilardan iborat: Birinchidan, ushbu konsepsiyani samarali talab nazariyasi deb atashadi. Keynsning g'oyasi shundan iboratki, yalpi talabni rag‘batlantirish va faollashtirish orqali ishlab chiqarishni hamda tovar va xizmatlarni kengaytirishga ta'sir qilish edi. Ikkinchidan, ushbu konsepsiya invest itsiyalarga hal qiluvchi ahamiyat beruvchi nazariyadir. Investitsiyalardan keladigan daromad oshgan sari investitsiya hajmi ham oshib boradi, demak, ishlab chiqarishning o‘sish sur’ati ham yuqori bo‘lib boradi. Uchinchidan, bu nazariya davlatga foiz stavkasini boshqarish orqali invest itsiyalarga ta ’sir o‘tkazishi yoki ijtimoiy ishlarga va boshqa sohalarga davlat investitsiyalarini yo'naltirishga imkoniyat beradi. Hozirgi zamon iqtisodiyot nazariyasining muhim yo'nalishlaridan biri monetarizm deb ataladi. Agar Keyns nazariyasining ishlab chiqilishida markaziy muammo ishsizlik bo'lgan bo'lsa, monetarizm nazariyasining asosiy muammosi ishlab chiqarish hajmining pasayib borish sharoitida inflyatsiyaning vujudga kelishidir. Ushbu holat stagflyatsiya degan nom oldi. Monetarizm maktabining asoschisi Milton Fridmen bo'lib, uning iqtisodiyot nazariyasiga qo‘shgan hissasi pul nazariyasini yangi mazmun bilan boyitdi. Monetaristlar tovar ishlab chiqarish jarayoniga pulning qayta ta’sir etish mexanizmini, pul dastaklari va monetar siyosatning iqtisodiyotni rivojlanishiga ta’sirini chuqur tadqiq etishdi. Monetarizm pul-kredit dastaklari yordamida iqtisodiyotni tartibga solishda o‘ziga xos yondashuvni vujudga keltiigan nazariyadir. Hozirgi paytda marjinalizm, monetarizm, keynschilik va boshqa qator yo'nalishdagi iqtisodiy nazariyalar yig‘indisi “Ekonomiks” nomli kitobda mujassamlashgan bo‘lib, bu AQSh, Angliya va boshqa qator mamlakatlarda darslik sifatida o‘tiladi. Rus tiliga taijima qilinib, bizga ma’lum bo'lgan P.Samuelson, R.Makkonnell va L.Bryularning kitoblari uning namunalaridir. Hozirgi paytda bu yo‘nalishdagi fan mamlakatimiz va boshqa qator MDH davlatlarida “Iqtisodiyot nazariyasi” deb atala boshladi. “Iqtisodiyot nazariyasi” fan sifatida shakllanguncha bosib o‘tgan yo‘l va unda vujudga kelgan g‘oyalar, oqimlar juda murakkab, ko'pincha bir-biriga zid va qarama-qarshidir. Shu bilan birga aytishimiz kerakki, hech qaysi iqtisodiy maktabning nazariyalari mutlaq va doimiy haqiqat kursisiga egalik qila olmaydi. Har bir maktab ma’lum darajada muammolarga bir tomonlama yondashganligini yoki bo'lmasa, ba’zi bir nazariy savollami yoritishda anglashilmovchilikka yo‘l qo'yganligi bilan ajralib turadi, sababi barcha nazariy oqimlar qaysidir ijtimoiy guruh manfaatlari nuqtai nazaridan va o'sha davr real holatidan kelib chiqqanlar. Shunday bo'lsada, ular bir-birini toMdiradi, iqtisodiy jarayonlar va hodisalarning ichki ziddiyatlarini, qonunlarini ma’lum darajada umumlashtirib ifodalaydi. Dcmak, jamiyat alohida bir nazariya asiri bo'lib qolmasligi kerak, lining rivojlanishi umummilliy manfaatlar bilan yo'naltirilishi zarur.Iqtisodiyot nazariyasi fani ijtimoiy fan bo'lib, falsafa, sotsiologiya, psixologiya, huquq, siyosatshunoslik, tarix kabi ijtimoiy fanlar bilan ham chambarchas bog'liqdir, ulardan uslubiy va ilmiy ozuqa oladi va ularga ham manba bo'lib xizmat qiladi. Lekin ularning hech biri iqtisodiyot nazariyasi fanining o'mini bosa olmaydi, bu fanning o‘z vazifasi va predmeti bor. Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmetini aniqlashni turli nazariy qarashlarni o'rganib, sintez qilishdan boshlash maqsadga muvoflq hisoblanadi. Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti nima? Bu fan asosan nimani tadqiq qilib, odamlarga nimani o'rgatadi, degan savolning yechimi juda murakkab bo'lib, bu haqda o‘tmishda ham, hozir ham turli olimlar har xil fikrlar bildirib kelmoqdalar. Masalan, Aristotel bu fanni uy xo'jaligini boshqarish qonunlari lo'g'risidagi fan deb qaragan bo'lsa, merkantilibilur, fiziokratlar va ingliz klassik iqtisodiy maktabi vakillari unga boylik to‘g‘risidagi, uning manbalari va ko'paytirish yo'llari, boylikni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol qilish to‘g‘risidagi fan deb qaradilar. Keyingi paytda mazkur fanni xalq xo'jaligi, ijtimoiy xo'jalik to'g'risidagi fan deb ham hisoblamoqdalar. Ayrimlar iqtisodiyot nazariyasi fanini moddiy hayotiy vositalarni ishlab chiqarish va ayirboshlashni boshqarish qonunlari to'g'risidagi fan deb ko‘rsatadilar. A.Marshall esa iqtisodiyot nazariyasi (siyosiy iqtisod) fanining predmeti insoniyat, jamiyatning me’yoridagi hayotiy faoliyatini tadqiq qilishdan iborat, deb yozadi. Iqtisodiyot nazariyasi fani siyosiy iqtisod nomi bilan yuritilgan davrda qator darsliklarda va ayrim asarlarda uning predmeti moddiy ne'matlarni ishlab chiqarish jarayonida kishilar o'rtasida sodir bo'ladigan munosabatlarni o‘rganishdan iborat, deb ko‘rsatilgan edi. AQSh va boshqa ba'zi bir mamlakatlardan kirib kelgan «Ekonomiks» darsliklarida (iqtisodiyot nazariyasi «Ekonomiks» deb yuritilgan darsliklarda) bu fanning predmeti kishilarning moddiy ehtiyojlarini toMaroq qondirish maqsadida cheklangan resurslardan samarali foydalanish muammolarini tahlil qilish, kishilarning iqtisodiy xulq-atvorini o‘rganishdan iborat, deb ko‘rsatilgan. Bozor iqtisodiyotiga o‘tilayotgan hozirgi davrda Rossiya Federatsiyasida chiqarilayotgan turli iqtisodiyot nazariyasi darsliklarida bu fanning predmeti bo‘yicha bir-biriga YaqnH bo‘lgan ta’riflar berilmoqda. Masalan, iqtisod fanlari doktorlari, professorlar L.S.Tarasevich va A.I.Dobrininlar boshchiligida chiqarilgan «Iqtisodiyot nazariyasi» darsligida bu fan «Ratsional xo'jalik yuritish tizimining tarkibiy evolyutsiyasini, haqiqiy boylikni va jamiyatning ayrim a’zolari va guruhlarining farovonligi, iqtisodiy o'sishning omillari va qonuniyatlarini o'rganadi», deb ko'rsatilgan.5 Akadcmiklar G.P.Juravlcva va V.I.Vidyapinlar boshchiligida chiqarilgan «Umumiy iqtisodiyot nazariyasi» nomli darslikda professor A.I.Dobrininning fikriga asoslangan holda: «Umumiy iqtisodiyot nazariyasi ijtimoiy fan bo‘lib, u cheklangan resurslar sharoitida ehtiyojlarni qondirish maqsadida moddiy ne'matlarni ishlab chiqarish, ayirboshlash, taqsimlash va iste’mol qilish jarayonlarida kishilar va guruhlarning xulq-atvorini o'rganadi», deyilgan.


Yüklə 40,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin