Iqtisodiyot nazariyasining fan sifatida shakllanishida turli XIL oqimlarning roli. Reja


Neoklassik va monetarizm maktabi vakillarining iqtisodiyot nazariyasiga bo’lgan qarashlari



Yüklə 40,28 Kb.
səhifə5/7
tarix09.06.2023
ölçüsü40,28 Kb.
#127954
1   2   3   4   5   6   7
KURS ISHI

Neoklassik va monetarizm maktabi vakillarining iqtisodiyot nazariyasiga bo’lgan qarashlari

Neoklassik iqtisodiy nazariya — iqtisodiy nazariyada marjinalizm gʻoyalari anʼanalarini davom ettirgan yetakchi yoʻnalish. Bu nazariyaning eng mashhur vakillari A. Marshall (Buyuk Britaniya), L. Valras (Shveysariya), J. Klark (AKD1), K. Viksel (Shvetsiya), A. Pareto (Italiya), P. Samuelson, K. Errou (AKD1) va boshqa Hozir jaqondagi iqtisodchilarning aksariyat qismi Neoklassik iqtisodiy nazariya tarafdorlaridir. Mazkur nazariya marjinalistik tamoyillar asosida shakllanib, 20-asrdan Neoklassik iktisodiy nazariya deb nomlandi.


Neoklassik iktisodiy nazariya n.da raqobatli bozorda tovarlar, xizmatlar narxining shakllanishini va ishlab chiqarish omillarini oʻrganish uchun eng soʻnggi — meʼyoriy kattaliklar — meʼyoriy naflilik va meʼyoriy unum-dorlik, meʼyoriy tushumlar, meʼyoriy harajatlar va boshqa tahlillari qoʻllaniladi. Neoklassik iktisodiy nazariya omillari va tovarlarning bozor narxi ularning kamyobligi bilan bogʻliq. Neoklassik iktisodiy nazariya n. nuqtai nazariga kura, meʼyoriy miqdorlar kishilar oʻzlarining iqtisodiy faoliyatida qabul qila-digan qarorlarida hal qiluvchi oʻrinni egallaydi. Neoklassik iktisodiy nazariya n.ning asosiy goyasi mukammal raqobat muvozanatli iqti-sodiyotni yaratadi degan qarashdaniborat. Shuningdek, bu nazariyada iqti-sodiyot tavsifiga mikroiqtisodiy yondashuvlar ustunlik qiladi. D. Rikardo va K. Marks davrida katta munozara-ixtiloflarga sabab boʻlgan daromadlarni taqsimlash nazariyasi masalasida neoklassiklar uni juda tinch va joʻn yoʻl bilan hal etadilar: har qanday ishlab chiqarish omili egasi bu omilning meʼyoriy unumdorligiga, yaʼni qoʻshimcha yollangan ishchi ishlab chiqargan yoki kapi-talning qoʻshimcha birligi yaratgan mah-sulotga teng daromad oladi. Neoklassik iktisodiy nazariya n. har qanday bozorni talab va taklif egri chiziqlari yordamida tahlil qiladi. Talab va taklif egri chiziklari kesi-shadigan nuqta neʼmatlarning muvozanatli narxini va muvozanatli miqdorini koʻrsatib beradi.
A.Marshall 1890-yilda yozilgan "Iqtisodiyot tamoyillari" asarida "siyosiy iqtisod" tushunchasidan voz kechdi va "economics" tushunchasini qoʻlladi. Bu tushunchaning yuzaga kelishi iqtisodiyotni siyosatdan xalos qilish bilan barobar voqea edi. Chunki davlatning iqtisodiyotga aralashuvchi hamma vaqt ham samarali boʻlavermagan. 1902-yildan boshlab "Ekonomiks" kursi Kembrij universitetida oʻqitila boshlandi. Yangi yoʻnalish tarafdorlari erkin raqobat va bozor gʻoyasini yana jonlantirdilar, bozor iqtisodiyoti sharoitida davlatning rolini keskin cheklash kerakligini koʻrsatib berishdi. Neoklassik iktisodiy nazariya n.larning bir qancha maktablari mavjud: Avstriya maktabi, Lozanna (matematik) maktabi, Kembrij (ingliz) maktabi, Amerika maktabi. Keyingi davrda (P. Samuelson) "neoklassik sintez" konsep-siyasi ham paydo boʻldi. "Neoklassik sintez" bu aslida hozirgi neokeynschilik va neoliberal goyalarni ilk neoklassik karashlar bilan birlashtirib, uygʻunlashti-rilishidir.

Yüklə 40,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin