Iqtisodiyot Oziq-ovqat va resurslar iqtisodiyoti-fayllar.org
4-bosqich 8-semestr majburiy fanlar
53
RESMS6
Tadqiqot usullari va ko’nikmalari
Ushbu modul talabalarni universitet orqali yo’naltirishda muhim element hisoblanadi. Unda universitet xizmatlarining asosiylariga kirish ta’minlanadi. Bu barcha o’quv dasturlarida muvaffaqqiyat qozonish uchun muhim bo’lgan ilmiy va tadqiqot ko’nikmalarini rivojlantirishga ko’maklashadi. Shuningdek u talabalarga o’z imkoniyatlarini rivojlantirishga, o’zini-o’zi baholashga, shaxsiyatni rivojlantirishga va ishga joylashish bilan bog’liq asosiy ko’nikmalarni egallash va qo’llashga yordam beradi. Shuningdek, modul personal repetitor tizimi orqali talabalarni yakka tartibda qo’llab-quvvatlashning asosiy manbai hisoblanadi.
6
8
FINWOR6
Malakaviy amaliyot
Malakaviy amaliyotining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: 1. Ilmiy, konstruktorlik va loyixa tashkilotlarida, birjalarda, banklarda, makroiktisodiyot va statistika qo’mita organlarida malumotlar yig‘ish, ularni qayta ishlashda yangi axborot texnologiyalarini qo‘llash usullarini o‘rganish. 2. Umumta’lim maktablarida, akademik litseylarda, kasb-hunar kollejlarida, institutlarda va universitetlarda o‘qitishning zamonaviy axborot texnologiyalari asosida olib borish usullari bilan tanishish. 3. Talabalar amaliyot o‘tadigan tashkilotlarda mavjud bo‘lgan uslubiy ko‘rsatmalar, yo‘l-yo‘riqnomalar va h.k. hujjatlarni o‘rganish. 4. Amaliyot o‘tadigan tashkilotlarda mustaqil ishlashning amaliy yakunlarini egallash. 5. Axborotlarni to‘plash, qayta ishlash va tahlil qilishda, hamda hisobot ma’lumotlarining aniqligini tekshirishda talabalarning bevosita ishtirok etishlarini ta’minlash. 6. Amaliyot o‘tadigan tashkilotlarning o‘zida mavjud bulgan vazifalarini bajarishi, ijtimoiy-siyosiy va madaniy ommaviy ishlarni olib borishda ko‘maklashish. 7. Ijtimoiy-siyosiy tashkilotchilik va tarbiyaviy ishlar olib borish sohasida kerakli o‘quv bilimlarni egallash. 8. Amaliyot haqidagi hisobotni, ilmiy ishlarni amalga oshirish uchun kerakli materiallarni to‘plash.
6
8
INTERN6
Bitiruv malakaviy ishi
Satatistika ta’lim yo’nalishi bo‘yicha bakalavr tayyorlash o‘quv rejasida "Bitiruv malakaviy ishi" bajarishga alohida ye’tibor qaratilgan va Oliy o‘quv yurtlarida ixtisoslik dasturlarini o‘zlashtirish majburiy davlat yakuniy attestasiyasi hamda bitiruv malakaviy ishining ochiq himoyasi bilan yakunlanadi.
Bitiruv - malakaviy ishining mavzusi korxonalar faoliyati jarayonlarini hisobga olish, audit va tahlil yetish muammolariga bag‘ishlanib, u Satatistika ta’lim yo’nalishi ixtisosligi bo‘yicha aniq ilmiy amaliy masalalarni hal qilishga qaratilishi lozim.
Bitiruv malakaviy ishining ilmiy va ilmiy-amaliy darajasi ta’lim dasturiga javob berishi shart. Ushbu ishning bajarilishi uning muallifi mustaqil ravishda ilmiy (amaliy) izlanish olib borishga, kasbiy muammolarni ko‘ra olishga o‘rganganligini hamda ularni hal qilishning umumiy usullarini bilishi haqida dalolat berishi lozim.