Ushbu kursda iqtisodiyotning barcha yonalishlarida qo’llaniladigan matematik tushunchalarning asoslari o’rganiladi. Bizga ma’lumki iqtisodiyotdagi masalalar avval matematika tiliga so’ngra matematik tildan esa algebra tiliga o’giriladi.Natijada iqtisodiy masalalarni yechish uchun ularni algoritmlari yaratiladi. Iqtisoddagi masalalarni yechishda zamonaviy usullardan biri bu “machine learning” bo’lib, asosan katta hajmdagi ma’lumotlar omborini tahlil qilishda “Python ”dasturlash tilining “numpy”, “pandas”, “matplotlib”, “sklearn” kutubhonalaridan foydalaniladi. Bu kutubhonalar chiziqli algebra, analitik geometriya, matematik analiz ,ehtimollar nazariyasi va matematik statistika tushunchalari asosida yaratilgan. Statistik ma’lumotlarni tahlil qilishda “Stata” dasturiy paketi haqida ham huddi shunday fikrlarni bildirish mumkin.Kurs chiziqli algebra, analitik geometriya, matematik analiz, ehtimollar nazariysi va matematik statistika bo’limlaridan iboratdir. Chiziqli algebra qismi matritsalar nazariyasidan boshlanib vector fazo tushunchalarigacha bo’lgan qismni o’z ichiga oladi.Matematik analiz qismi funksiyalardan boshlab, differensial tenglamalar kursini ham o’z ichiga oladi.Hodisalar ehtimolligi,tasodifiy miqdorlar va statistik ma’lumotlarni tahlil qilishga oid bo’lgan masalalar ehtimollar nazariyasi va matematik statistika qismida mujassam bo’lgan.
6
2
FORLAN16
Xorijiy til (ingliz, nemis, fransuz, koreys)
ingliz tili kursining maqsadi talabalarga chet el tilida malaka va muomala ko'nikmalarini berish, ularning bugungi global madaniyat dunyosini hisobga olgan holda o'zlarining kasbiy va ilmiy sohalarida samarali ishlashlariga imkon berishdir.
Ushbu daraja quyidagi ko'nikmalarni takomillashtirishga qaratilgan: chet tili bilan aloqa qilish kompetentsiyasi, lingvistik kompetentsiya, sotsiolingvistik kompetensiya, sotsial-madaniy kompetensiya, ijtimoiy o'zaro ta'sir kompetensiyasi va pragmatik kompetensiya va nutqni tahlil qilish ko'nikmalari.
Ushbu nemis tili kursi 1-2 semestrda rejalashtirilgan va “Chet tillarni bilishning umumevropa kompetensiyasining o'rganish, o'qitish va baholash (CEFR) tizimi” til o’rganish standartlariga muvofiq nemis tilida A1- A2 darjasida nemis tilini o'rganish uchun mo’ljallangan. Kurs nemis tili tamoyillari va kommunikativ, interaktiv ko'nikmalar yondashuvlari, o'quv jarayoni uchun umumiy bo'lgan grammatik mavzular, o'xshash sintaktik hodisalar, til, yozuv, tinglash qobiliyatlari va malakalariga asoslangan bo'lib, doimiy ravishda o'qitib boriladi. Kurs uchun tanlangan mavzular asosan hayotdagi kundalik holatlar bilan bog'liq va biz uchun muhim bo'lgan vaziyatlarda juda muhim bo'lgan tanlangan mavzular qamrab olingan. Uzluksiz taʼlim tizimining chet tillar boʼyicha davlat taʼlim standartidagi “Chet tillar boʼyicha taʼlimniig barcha bosqichlari bitiruvchilarining tayyorgarlik darajasiga qoʼyiladigan talablar”ga muvofiq oliy taʼlim muassasalarining ixgisosligi chet tili boʼlmagan fakultetlari bitiruvchilari nemis tili boʼyicha А1-A2 va undan yuqori darajalarni egallashlari belgilab berilgan. Nemis tili kursi mazmun-mohiyatiga koʼra umumiy (akademik) til koʼnikmalarini rivojlantirishga qaratilgan, talabalarning boʼlg’usi kasbiy faoliyatlarida foydalanadigan til kompetentsiyalarini rivojlantirishga moslashtirilgan. Mustaqil taʼlim talabalarda tildan erkin foydapanish koʼnikma va malakalarini egallash motivatsiyasini shakllantirish va rivojlantirishga qaratilgan. Ushbu nemis tili kursi „Nemis tili“ fanini oʼqitish davrida talabalarning umumiy, akademik va kasbga yoʼnaltirilgan til koʼnikma va malakalarini rivojlantirishga qaratilgan. Nemis tilni oʼrganishning mustaqil muloqot (А1-А2 va undan yuqori) darajalari talabalarda koʼnroq akademik va kasbga yoʼnaltirilgan til koʼnikmalarini rivojlantirishni taqozo etadi.
6
2
13
PHILOS4
Falsafa (4 ECTS)
“Falsafa” fani insoniyat tarixidagi eng qadimiy ilmlardan biri bo’lib, olam va uning yashashi, rivojlanishi va taraqqiyoti, hayot va inson, umrning mohiyati, borliq va yo’qliq, kabi ko’plab muammolar haqida bahs yuritadi. Falsafa dunyoqarashning umumlashgan tizimini yaratish va unda inson o’rnini ko’rsatishga qaratilgan fandir, u insonning dunyoga bo’lgan bilish, ijtimoiy-siyosiy, ahloqiy, diniy, estetik va boshqa munosabatlarini shakllantirishga ko’maklashadi.
Ushbu fan metodologik ahamiyatga ega bo’lganligi sababli, uning mohiyatini o’rganish jarayonida talabalarda boshqa fanlardan olgan bilimlarini umumlashtirish, o’zining falsafiy mushohada qilish qobiliyatini rivojlantirish, olam haqida yaxlit tasavvur hosil qilish va umumiy madaniy darajasini yuksaltirish imkoniyati paydo bo’ladi.
4
2
14
LANGUA4
O’zbek(rus) tili (4 ECTS)
"Rus tili" fani barcha iqtisodiy mutaxassisliklar bo’yicha birinchi kursga mo’ljallangan bo’lib ( 1-2 semestr) , yegallashlari lozim bo’lgan bilim, ko’nikma, malaka , madaniy dunyoqarashning zaruriy me’yorni asoslovchi umumuslubiy fanlardan biridir.
"Rus tili" kursining asosiy maqsadi :
- jamiyatdagi iqtisodiy qonunlarni bilish va tushunish uchun zarur bo’lgan bilim va ko’nikmalarni,mamlakatni demokratlashtirish mohiyatini tushunadigan mutaxassisning kommunikativ kompetensiyasini shakllantirishga,
-bozor tamoyillariga asoslangan iqtisodiy islohotlarni rus tilining yordami bilan amalga oshirish , mamlakatni demokratlashtirish hamda dunyo hamjamiyatdagi iqtisodiy qonunlarni bilish va tushunishga,
-mafkuraviy yo’nalishga, ma’naviy dunyoqarashning kengayishiga, iqtisodiy madaniyatning rivojlanishiga sezilarli ta’sir ko’rsatishga;
-yeng muhim umumiy ta’lim ko’nikmalarini va universal ta’lim faoliyatini yegallashga qaratilgan bo’lib, yozish, o’qish, nutqni to’liq idrok yetish, rus tilida yerkin, to’g’ri va ifodali gapirish va yozishni, kasbiy faoliyatning turli sohalarida dolzarb muammolarini hal yeta oladigan, turli xil aloqa vaziyatlarida tildan foydalanishni, nutq odob-axloq meyorlariga rioya qilishga va rivojlantirishga qaratilgan.
2
2
15
CRETHI6
Kreativ fikrlash
Fanni o’qitishdan maksad – talabalarda ish jarayoni va hayot faoliyatiga ijobiy ta’sir ko’rsatish mumkun bo’lgan muammolarni bartaraf etish uchun kreativ yechimlarni topish va strategiyalarni ishlab chiqish kunikmalarni ishlab chikishdan iborat.Fan mazmunini anglab yetish talabalarning shaxsiy fikrlash kobiliyatini oshirish,ijodiy va tanqidiy fikrlash qobilyatlarni baxolash va fikrlash jarayonlarini o’rganish usullari kabi jihatlari uchun muximdir
6
2
16
ECONOM6
Iqtisodiyot
Ushbu fan iqtisodiyotning asosiy fundamenti bo’lib, u birinchi kursning birinchi semestrida o’qitiladi. Iqtisodiyot nazariyasi fanining maqsadi iqtisodiyotga kirish, bozorning vazifalarining amal qilishini o’rganishni o’qitishga qaratilgan. Fanning tarkibini tushunish tadbirkorlik qarorlarini qabul qilish, iqtisodiy siyosatni tushunish va ishlab chiqish, umuman olganda zamonaviy iqtisodiy faoliyatni o’rganish kabi jihatlarni o’z ichiga qamrab oladi.
Iqtisodiyot nazariyasi fani quyidagi tarkibiy tuzilmadan iborat:
Iqtisodiyot faniga kirish.
O’quv dasturining birinchi qismida asosiy iqtisodiy muammo, ishlab chiqarish omillari, ishlab chiqarish imkoniyatlari qiymati va ishlab chiqarish imkoniyatlari egri chiziqlarini o’z ichiga olgan fundamental g’oyalar va tushunchalar keltirilgan.
Iqtisodiy resurslarning taqsimlanishi
Bozor iqtisodiyoti sharoitida resurslarni taqsimlashning asosiy tamoyillari narx mexanizmi orqali ko’rib chiqiladi. Talab va taklifning bozor kuchlari, bozor muvozanati va nomutanosiblik, egiluvchanlik ushbu bo’limning asosini tashkil etadi.
Mikroiqtisodiy qaror qabul qilinishi.
Mikroiqtisodiyot o’rganishning muhim sohasidir va bu yerda asosiy asosiy qaror qabul qiladiganlar: banklar, uy xo’jaliklari, ishchi kuchi, kasaba uyushmalari va tadbirkorlarning roli orqali amalga oshiriladi.
Davlat va makroiqtisodiyot.
Davlatlar turli xil makroiqtisodiy maqsadlarga ega va ko’pincha ularga erishish uchun qo’llaniladigan choralarni tanlash o’rtasida ziddiyatlar yuzaga keladi. O’zgarishlarning sabablari va oqibatlari va tegishli siyosatlarni ko’rib chiqish uchun turli o’lchovlarni qo’llash kerak.
Iqtisodiy rivojlanish.
Iqtisodiyot rivojlanar ekan, aholi, turmush darajasi, qashshoqlik va daromadlarni qayta taqsimlashda o’zgarishlar bo’ladi. Shu sababli, turli mamlakatlarda aholi soni va tuzilishidagi o’zgarishlar va rivojlanishning boshqa ta’sirlari o’rganiladi.
Xalqaro savdo va globallashuv.
Mamlakatlar o’rtasidagi savdoning ahamiyati va globallashuvning kuchayishi o’rganilmoqda. Ixtisoslashuv, erkin savdo, transmilliy kompaniyalarning roli, valyuta kurslari va to’lov balansi barqarorligi kabi tamoyillar ko’rib chiqiladi.