5.Foyda solig‘i stavkalari, soliqni hisoblab chiqarish va soliq to‘lash tartibi.
Foyda solig‘i summasi quyidagicha aniqlanadi:
Sb = J d - Chx - Z,
Bu yerda:
Sb – soliq bazasi.
Jd – jami daromad.
Chx – chegirib tashlanadigan xarajat.
Z – o‘tkaziladigan zararlar summalari (o‘tgan davrlarda zararlar mavjud bo‘lsa).
5. Foyda solig‘i stavkalari, soliqni hisoblab chiqarish va soliq to‘lash tartibi.
Fs = Sb x Ss,
Bu yerda:
Fs – foyda solig‘i summasi;
Ss – foyda solig‘i stavkasi.
Hisobot (soliq) davrining yakunlari bo‘yicha soliq summasi soliq to‘lovchi tomonidan mustaqil ravishda aniqlanadi. Hisobot davri yakunlari bo‘yicha soliq summasi soliq davrining boshidan oshib boruvchi yakun bilan, soliq bazasining soliq stavkasiga muvofiq bo‘lgan foizlardagi ulushi sifatida hisoblab chiqariladi. Soliq to‘lovchi foyda solig‘ini yoki chet davlatda to‘langan daromadlardan olinadigan xuddi shunday turdagi to‘langan soliqni hisobga o‘tkazish yo‘li bilan soliq summasini kamaytirishga haqli.
XULOSA:
O‘zbekiston Respublikasi davlat budjeti daromadlari 1991 yilga qadar asosan davlat korxonalari foydasidan ajratiladigan ajratmalar hisobidan shakllanar edi. Ushbu foydadan ajratma davlat tomonidan belgilangan majburiy to‘lov bo‘lib, u korxonalar balans foydasining 90 foizgacha bo‘lgan qismini budjetga olib ketar edi. Qolgan foyda miqdori esa korxona tomonidan emas, balki yuqori tashkilot topshirig‘iga ko‘ra tegishli fondlarga taqsimlanar edi.
2004 yil 1 yanvardan esa O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 25 dekabrdagi 567-sonli «O‘zbekiston Respublikasining 2004 yilgi davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq infratuzilmani rivojlantirish solig‘i o‘rniga obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘i joriy tilgan.
Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i umumdavlat soliqlari tarkibiga kirib, u davlat budjeti daromadlarini shakllantirishda asosiy manbalardan biri hisoblanadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
WWW.SOLIQ.UZ
WWW.WIKIPEDIA.COM
IKKINCHI MAVZU: FOYDA SOLIG’I ASOSIDA TGAYYORLANDI.