IQTISODIYOT TA’LIM YO’NALISHI 420-GURUH TALABASI OCHILDIYEV QAXRAMONNING SOLIQ VA SOLIQQA TORTISH FANIDAN. MUSTAQIL ISHI
FAN O’QTUVCHISI: TO’LAKOV ULUGBEK.
TAYYORLADI: OCHILDIYEV QAXRAMON.
REJA: 1. Foyda solig‘i hisobotini taqdim etish va to‘lash tartibi qanday? 2. Foyda solig‘ining joriy qilinishi, iqtisodiy mohiyati va ahamiyati. 3. Soliq to‘lovchilar tarkibi, soliq obyekti va soliq bazasi 4. Jami daromadlar tarkibi, jami daromaddan chegirmalar: 5. Foyda solig‘i stavkalari, soliqni hisoblab chiqarish va soliq to‘lash tartibi.
Foyda solig‘i hisobotini taqdim etish va to‘lash tartibi qanday?
Foyda solig‘i davri: kalendar yil.
Hisobot davri: yil choragi.
Soliq hisoboti quyidagi muddatlarda taqdim etiladi:
1) Choraklik soliq hisobotlar — hisobot davridan keyingi oyning 20 kunidan kechiktirmay;
2) Yillik soliq hisobotlar — soliq davri o‘tgandan keyingi yilning 1 martidan kechiktirmay.
Foyda solig‘i hisobotini taqdim etish va to‘lash tartibi qanday?
Foyda solig‘ini to‘lash tartibi
Jami daromadi o‘tgan soliq davrida 5 mlrd so‘mgacha bo‘lgan soliq to‘lovchilar tomonidan soliq hisobotini taqdim etish muddatidan kechiktirmay to‘lanadi.
Jami daromadi o‘tgan soliq davri uchun 5 mlrd so‘mdan oshadigan soliq to‘lovchilar hisobot davri har bir oyining 23 kunidan kechiktirmay to‘laydi. Bunday to‘lash bo‘nak to‘lovlari bo‘yicha amalga oshiriladi.
2. Foyda solig‘ining joriy qilinishi, iqtisodiy mohiyati va ahamiyati.
1995-yil 1-yanvardan boshlab soliqlarning rag‘batlantiruvchi rolini kuchaytirish maqsadida mamlakatimizda korxonalarning foydasidan olinadigan soliq joriy etildi. Shu bilan bir qatorda soliq to‘lovchilarning ayrim toifalari (tijorat banklari, sug‘urta tashkilotlari, tamosha-konsert faoliyatini olib boruvchi muassasalar, ko‘ngilochar o‘yinlarni tashkil etuvchi korxonalar, birja va boshqa shu kabi korxonalar) uchun daromad solig‘i va yalpi daromad solig‘ini to‘lash tartibi saqlab qolindi.