Iqtisodiyot ta’lim yo’nalishi bo’yicha amaliyot dasturlari to’plami


-BOB. AMALIYOTNI TASHKIL ETISH VA HISOBOT HIMOYASI YUZASIDAN UMUMIY QOIDALAR VA TARTIBLAR



Yüklə 329,5 Kb.
səhifə9/13
tarix15.06.2023
ölçüsü329,5 Kb.
#130616
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
IQTISOD amaliyot 2023-1 (2)

3-BOB. AMALIYOTNI TASHKIL ETISH VA HISOBOT HIMOYASI YUZASIDAN UMUMIY QOIDALAR VA TARTIBLAR


3.1-§. Amaliyotga rahbarlik qilish
Talabalar amaliyoti davlat va aksiyadorlik korxonalari, muassasa, tashkilot, firma, qo‘shma korxonalar va boshqalar bilan tuzilgan shartnomalar asosida tashkil qilinadi.
Yuridik shaxslar bilan tuzilgan kontrakt asosida o‘qiydigan talabalar amaliyot o‘tash uchun tegishli amaliyot ob’yektlariga yuboriladilar.
Ta’lim muassasasidan tayinlangan amaliyot rahbari:

  • talabalar kelishiga zaruriy tayyorgarlik tashkil etish uchun ob’yektlarga amaliyot boshlanishidan oldin boradi;

  • talabalarning amaliyotga borishidan oldin tashkiliy tadbirlar (amaliyot o‘tkazish tartiblari, xavfsizlik texnikasi haqida ko‘rsatmalar berish va h.k.)ni o‘tkazishni ta’minlaydi;

  • talabalarning kafedra topshiriqlarida ko‘zda tutilgan ilmiy-tadqiqot ishlariga rahbarlik qiladi;

  • amaliyot ob’yektlari talabalarning mehnat va maishiy xizmat sharoitlari me’yordagidek ta’minlanganligini nazorat qiladi;

  • talabalarning ichki mehnat tartib-qoidalariga rioya qilishlarini nazorat qiladi;

  • amaliyot yakunlari bo‘yicha talabalar ilmiy anjumanlari tayyorlanishida va amaliyot natijalarini baholovchi komissiya ishida ishtirok etadi;

  • talabalarning amaliyot bo‘yicha hisobotini ko‘rib chiqadi, ularning ishi haqida tavsiyanoma beradi. Talabalar amaliyot o‘tganligi, ularning amaliyot tayyorgarligidagi kamchiliklar ko‘rsatilgan amaliyotni takomillashtirish haqida takliflar kiritlgan yozma hisobotni kafedra mudiriga taqdim etadi;

  • barcha ishlarni amaliyot ob’yekti tomonidan biriktirilgan rahbar bilan birgalikda o‘tkazadi.

Talabalar amaliyotining umumiy rahbarligi amaliyot ob’yekti rahbarining buyrug‘i bilan mas’ul hodimlarning biriga yuklatiladi.


3.2-§. Amaliyot mobaynida talabaning amal qilishi lozim bo‘lgan qoidalar
Talaba amaliyotni o‘tash chog‘idagi quyidagi qoidalarga rioya qilishi lozim:

  • korxonada joriy etilgan kun tartibi va ichki mehnat intizomiga doir qoidalarni o‘rganib, ularga rioya qilish;

  • korxonada uskunalardan foydalanish, texnika xavfsizligi, mehnatni muhofaza qilish va boshqa mehnat faoliyatiga tegishli qoidalarni o‘rganib, ularga qat’iy rioya qilish;

  • o‘z kundaligida kunlik bajarilgan ishlarini aks ettirib borish va kun oxiriga kelib korxonadan tayin etilgan rahbarga tekshirtirish va imzolash uchun taqdim etish hamda haftada bir marotaba institut tomonidan tayin etilgan rahbarga tekshirtirish va imzolash uchun taqdim etish (haftaning shanba kuni tanlansa maqsadga muvofiq bo‘ladi);

  • hisobot uchun materiallarni yig‘ish va o‘rganish bilan doimiy ravishda shug‘ullanish;

  • korxona jamoasining ijtimoiy hayotida faol ishtirok etish;

  • har bir amaliyot o‘tilgan bo‘lim bo‘yicha alohida hisobot yuritish;

  • malakaviy amaliyot tugashi bilan amaliyot bo‘yicha hisobotni kafedraga taqdim etish.

Amaliyot dasturi bo‘yicha topshiriqlarni bajarmagan, salbiy taqriz olgan yoki amaliyot hisobotini himoya qilish chog‘ida qoniqarsiz baho olgan talaba talabalik safidan chiqariladi.
Korxona va tashkilotlarning ichki qoidalarini buzgan talaba haqida unversitet rektoriga xabar jo‘natiladi.


3.3-§. Amaliyotni o‘tash va hisobot tayyorlash


Amaliyot davri yakunida talaba ushbu dasturga muvofiq ravishda bajargan ishlari haqida yozma hisobot tayyorlaydi (ilovalarga asosan).
Hisobot uchun kerakli materiallarni to‘plash va uning matnini bayon etish butun amaliyotni o‘tash muddati davomida amalga oshiriladi.
Hisobot quyidagi qismlardan iborat:

  1. Titul varaqasi (1-ilova. Titul varaqasidan so‘ng 8-ilovadagi shaklga ko‘ra, to‘ldirilgan, mas’ullarning imzosi qo‘yilgan va muhr bilan tasdiqlangan amaliyot kundaligi hisobotga qo‘shib tikiladi).

  2. Mundarija (2,3,4-ilovalar).

  3. Kirish.

  4. Asosiy matn.

  5. Xulosa.

  6. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati.

  7. Ilovalar, izohlar va qo‘shimcha hisob-kitob.

Kirishda yig‘ilgan ma’lumotlarni umumlashtirish va amaliyot davrida shug‘ullangan asosiy masala va yo‘nalishlarini yoritish kerak. Kirish quyidagi tarkibiy qismlardan iborat bo‘ladi: amaliyotning dolzarbligi, ob’yekt va ob’yekt haqidagi qisqacha ma’lumotlar, amaliyot davrida olib borilgan ishlarning umumiy tartibdagi holati.
Hisobotning asosiy matn qismida korxona faoliyatiga oid va amaliyot dasturida ko‘rsatilgan hisob-kitoblar, tahlillar, o‘rganish natijalari tahlili, statistik ma’lumotlar bo‘lishi shart. Hisobotda bunday ma’lumotlar bo‘lmagan taqdirda, hisob qismi to‘ldirilmaganda hisobot himoya uchun qabul qilinmaydi.
Hisobotda amaliyotning barcha asosiy bosqichlari va ish turlari bayon etilishi lozim. Matn qismidagi ish turlarining mazmuni amaliyot turining kalendar rejasiga va amaliyotning mazmuniga, kundalikdagi yozuvlarga muvofiq bayon etiladi. Ushbu dasturning ilova qismida har bir amaliyot turi uchun alohida reja shakliga ega bo‘lgan mundarijalar keltirililgan bo‘lib, amaliyot hisobotini yozishda mazkur ilovalarga qat’iy amal qilinadi. Aks holda, hisobot himoya uchun qabul qilinmaydi.
Xulosada umumiy xulosa va takliflar keltiriladi, amalga oshirilgan ishlarning qisqacha ma’lumoti asosida amaliy tavsiyalar beriladi.
Foydalanilgan adabiyotlar barcha foydalanilgan statistik xujjatlar va operativ hisobotlar, adabiyotlar manbasini o‘z ichiga oladi.
Ilovalarda hisobotga talabalar tayyorlagan jadvallar, rasmlar (sxema, grafik, diagramma va x.k), anketalar, turli xil xujjatlar nusxasi, shuningdek, amaliyotdagi talabaga taqriz-tavsiyanomalar jamlanadi (1-9 ilovalar).
Ushbu hisobotda talaba kelajakda amaliyot o‘tash va tashkil etish ishlarini yaxshilashga oid o‘z mulohazalarini ham bayon etadi. Hisobotni asta-sekin butun amaliyotni o‘tash davri davomida bosqichma-bosqich yozish talab etiladi.
Amaliyot kundaligi belgilangan shaklda rasmiylashtiriladi va u hisobotning ajralmas tarkibiy qismi hisoblanadi (9-ilova). Amaliyot kundaligi talaba tomonidan:

  • ehtiyotkorlik bilan, o‘z vaqtida va imlo xatolarisiz to‘ldirilishi;

  • o‘z qo‘li bilan yozilishi;

  • amaliyot davrida tasdiqlanishi kerak.

Amaliyot kundaligini belgilangan talablar asosida rasmiylashtirilmagan taqdirda hisobot himoya uchun qabul qilinmaydi.
Hisobot Microsoft Word dasturi orqali tayyorlanadi. Qo‘lda yozilgan qo‘l yozma hisobotlar qabul qilinmaydi. Ba’zi bir ilovalar Microsoft Excyel dasturida ham tayyorlanishiga yo‘l qo‘yiladi. Matn oralig‘i 1,5 intervalda, Times New Roman 14 kegelda, imlo xatolarsiz yozilishi shart. Qog‘ozning shakli A4 formatlik o‘lchamda, chapdan 3 sm, o‘ngdan 1,5 sm, yuqori va quyidan 2 smdan joy qoldirib asosiy matn yoziladi. Xat boshi 1 sm kenglikda olinadi.
Matndagi formulalar dasturning aniq formulaga mo‘ljallangan dasturchasi yordamida bajarilishi shart.
Matnda standartga mos kelmagan qisqartirishlar, bo‘sh joylar qoldirish mumkin emas. Faqat mumkin bo‘lgan qisqartirishlardan foydalanish kerak.
Sarlavxadan keyin nuqta qo‘yilmaydi. Sarlavxalarni ostiga chizish va ularni bo‘g‘inlariga bo‘lishi mumkin emas.
Yozilayotgan belgilarning kattaligi mashinka shriftlaridan kichik bo‘lmasligi, qator usti va osti belgilari, indekslar, kichikroq o‘lchovda lekin o‘qila olishi kerak (matini 2 marotaba kichiraytirilishi mumkin).
Matn nomi va matnlar o‘rtasida 2 interval bo‘lishi matnni asosiy nomi va qo‘shimcha nomi o‘rtasida 1 yoki 1,5 interval (masofa) bo‘ladi. Matnni nomi ostiga chizilmaydi “Bosh” qo‘shimcha nomli bosh xarf yoki yarim yo‘g‘on xarf bilan yozilish mumkin, qolgan qo‘shimcha nomlar oddiy xarflarda yoziladi.
Matn nomidagi so‘zlar bo‘g‘inlarga bo‘linmaydi va ko‘chirilmaydi. Qatorni bog‘lovchi ko‘makchi, ravish bilan tugallash mumkin, ular yangi qatorga yozilishlari shart. Matn nomlari qatorlari o‘rtasidagi masofa 1,5 interval, matn nomlari o‘rtaga yoziladi.
Jadval yoki rasmlar abzatsdan keyin ular xaqidagi ma’lumotlardan keyin yoziladi. Agar ma’lumotlardan so‘ng jadvalga joy bo‘lmasa, rasm yoki jadval yangi betga yoziladi. Matnda keltiriladigan har qanday grafiklar “rasm” yoki “jadval” deb nomlanadi. Rasm va jadvallarni rasmiylashtirish qoidalari ilovada keltiriladi. Rasm, jadval va formulalar alohida tartibda birdan boshlab raqamlanadi.
Har bir bet 3-betdan boshlab yuqori yoki past tomondan chiziqlarsiz raqamlanadi. Literlar bilan raqamlash (masalan 15 a) mumkin emas, qoldirib ketilgan raqamlarni takrorlash ham mumkin emas.
Foydalanilgan adabiyotlardan olingan ma’lumotlarga havolalar keltirilishi shart.
Hisobot yakunida foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati yoziladi. Foydalanilgan adabiyotlarni mualliflarining ismi sharifi, kitobni nomi, nashr yili va joyi yoziladi. Kitoblar, mualliflari, gazeta va jurnal maqolalari mualliflarini ismi sharifi alfavit tartibida yoziladi.
Amaliyot haqidagi hisobot har bir talabaning shaxsan o‘zi tomonidan yoziladi va amaliyot davridagi uning faoliyati aks etadi. Undagi ma’lumotlarning to‘g‘riligiga talaba shaxsan javobgar hisoblanadi.
Hisobot korxona rahbariyati tomonidan tayinlangan amaliyot rahbari tomonidan imzo qo‘yiladi va muhr bilan tasdiqlanadi. Amaliyot tugagandan so‘ng talaba hisobotni kafedra mudiri tomonidan tayinlangan komissiya a’zolari oldida ximoya qiladi. Komissiya tarkibiga mutaxassislik kafedrasi o‘qituvchilari, unversitetdan belgilangan amaliyot rahbari va korxonadan tayinlangan rahbar kiritilishi mumkin.

3.4-§. Amaliyotni baholash mezonalari


Talabalarning amaliyot hisoboti natijalari reyting baholash nizomiga mos ravishda baholanadi. Talabalarning ishini baholashda hisobotning mazmuni va sifati, amaliyot dasturida keltirilgan qoidalarga asosan tayyorlanganligi, kundalik yuritishning sifati, amaliyot intizomiga rioya qilinganligi, dasturda ko‘rsatilgan tartibdagi ishlarni bajarganlik darajasi, amaliyotda bajarilgan ishlar hajmi va sifati hisobga olinadi. Himoya qilingan kundalik va hisobot kafedraga topshiriladi.
Amaliyot natijalari bo‘yicha talabalar bilimi quyidagi mezonlar bo‘yicha baholanadi:

5 baho

  • Agar amaliyot bo‘yicha hisobotni rasmiylashtirish barcha talablarga javob berib, uning himoyasi vaqtida talaba korxona faoliyatining dasturda ko‘rsatilgan barcha yo‘nalishlarini to‘g‘ri va to‘la aks ettirsa, ularni nazariy jihatlar bilan to‘g‘ri bog‘lasa, ilg‘or turdosh korxonalar tajribasi bilan solishtirsa, korxona faoliyatidagi kamchilik va qo‘llanilmayotgan imkoniyatlarni aniqlasa, korxona faoliyatini kelajakda rivojlantirish bo‘yicha o‘z fikr va takliflarni shakllantirgan bo‘lsa hamda kommissiyaning barcha savollariga javob bersa talabaga maksimal ballning 86-100 % qo‘yiladi.

4-baho

  • Agar amaliyot bo‘yicha hisobotni rasmiylashtirish talablarga javob berib, uning himoyasi vaqtida talaba korxona faoliyatining dasturda ko‘rsatilgan barcha yo‘nalishlarini to‘g‘ri va to‘la aks ettirishga harakat qilsa, korxona faoliyatidagi kamchilik va qo‘llanilmayotgan imkoniyatlarni aniqlasa, korxona faoliyatini kelajakda rivojlantirish bo‘yicha o‘z fikr va ba’zi takliflarni shakllantirgan bo‘lsa hamda kommissiya tomonidan berilgan ko‘pchilik savollariga javob bersa talabaga maksimal ballning ni 71-85% gacha qo‘yiladi.

3 baho

  • Agar amaliyot bo‘yicha hisobotni rasmiylashtirishda ba’zi kichik xattolarga yo‘l qo‘yilib, uning himoyasi vaqtida talaba korxona faoliyatining dasturda ko‘rsatilgan yo‘nalishlarini qisman aks ettirsa, korxona faoliyatidagi kamchilik va qo‘llanilmayotgan imkoniyatlarni qisman aniqlasa, korxona faoliyatini kelajakda rivojlantirish bo‘yicha o‘z fikr va takliflarni shakllantirishga qiynalsa hamda kommissiyaning ba’zi savollariga javob bersa talabaga maksimal ballning 55-70% i qo‘yiladi.




Yüklə 329,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin