Agar korxonada yuqoridagi jadvalda kelitirilgan bo‘limlar yoki ularning tarkibiy tuzilmasi mavjud bo‘lmasa, korxonadagi ushbu masala yuzasidan mas’ul bo‘lgan shaxslar yoki bo‘limlarda talaba amaliyotini o‘taydi. Har bir kunda yuqoridagi bo‘limlar bo‘yicha amalga oshirgan ishlarini o‘z kundaligida aks ettirib boradi.
1.3-§. Amaliyot dasturining mazmuni
Amaliyot davrida amalga oshiriladigan ishlar korxonaning xo‘jalik faoliyati, ishlab chiqaradigan masuloti va ko‘rsatadigan xizmatining turidan kelib chiqib o‘zgarishi mumkin. Shunday holat kuzatilganida, mazkur masala yuzasidan talaba rahbarga murojaat qilishi talab etiladi.
Agar amaliyot tijorat banklarida bo‘lsa, ta’minot va sotuvni rejalashtirishni o‘rnida talaba tomonidan mijozlardan turli usullar yordamida pul mablag‘larini depozit uchun qabul qilish ishlari, kommunal xizmati va boshqa turdagi ta’minotlar hamda bo‘sh turgan pul mablag‘larini maqsadli joylashtirish, mijozlar bilan ishlash yo‘nalishlari tahlili amalga oshiriladi.
Agar amaliyot o‘tash joyi byudjet muassasalari bo‘lsa, ularning asosiy faoliyatlari, boshqaruvida mavjud bo‘lgan shahar tumanlardagi bo‘limlarining faoliyatlari, byudjet muassasalarining barcha ko‘rinishdagi ta’minotlari, ko‘rsatadigan pullik va bepul xizmatlarining turi va soni, iqtisodiy ko‘rsatkichlari, byudjet va byudjetdan tashqari tushumlarining tahlillari amalga oshiriladi.
2-BOB. 5-KURS UCHUN BITIRUV OLDI AMALIYOTI
2.1-§. Amaliyotning maqsad va vazifalari
Bitiruv oldi amaliyoti o‘quv jarayonining asosiy qismlaridan biri hisoblanadi. 5230100 - Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) bakalavriat ta’lim yo‘nalishi sirtqi ta’lim oluvchi talabalari uchun 5-kurs 10-semestri davomida o‘tkazishi o‘quv rejaga muvofiq belgilangan. Amaliyotga talaba o‘quv rejasiga binoan 16 haftaga ishlab chiqarish korxonalari va tashkilotlarga yuboriladi. Amaliyot natijalari hisobot shaklida bajarilib, kafedrada himoya qilinadi.
Bitiruv oldi amaliyotining maqsadi – talabaning mutaxassislik fanlaridan olgan bilimlarini amaliy jihatdan mustahkamlash, talabada o‘z bilimlarini amaliyotda qo‘llash uchun sharoitlarni yaratgan holda, tajribasini oshirish hisoblanadi.
Ushbu maqsaddan kelib chiqib bitiruv oldi amaliyoti quyidagi vazifalarni bajaradi:
-Talabaning mutaxassislik fanlaridan olgan nazariy bilimlarini mustahkamlash.
- Korxonadagi mehnatni tashkil etish jarayonlari va mehnat muhitini tahlil qilish va kamchiliklarini o‘rganish.
- Rahbarlar, ularning o‘zini tutishi va jamoa bilan munosabatlari haqidagi tajribalarini oshirish.
- Ishlab chiqarish hodimlari tarkibi, tuzilish, qo‘nimsizligi va ish haqi hisoblash tizimi bilan tanishish.
- Korxonadagi umumiy boshqaruv muhiti va bunda rahbarlarning faoliyatini tahlil qilish.
- Korxonadagi aktivlar boshqaruvini tahlil qilish va uning tuzilishiga baho berish.
- Ishlab chiqarish syexlari va ularning texnologik asoslari bilan tanishish.
-Korxonaning asosiy fondlarini taxlili va ularga amortizasiya hisoblash.
-Korxonaning aylanma fondlari va ularni hisoblash.
-Korxonaning ishlab chiqarish quvvatlari oshirishdagi strategiyasini aniqlash.
- Korxonada boshqaruv hujjatlarini yuritilishi va ularni to‘ldirish darajalarini, ulardagi statistik ma’lumotlarni taqqoslama tahlil qilish.
- Korxonaning marketing tizimini boshqarish jarayonini tahlil etish va muammolarini o‘rganish.
- Korxonada ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish ko‘rsatkichlarini kelib chiqishi va yuritilishini o‘rganish tahlil qilish.
- Korxonaning moliya bo‘lim faoliyatni taxlili qilish.
- Korxona tomonidan to‘lanadigan soliqlarni taxlil qilish.
- Korxona moliyaviy hisobotlarini tahlil qilish va aktivlar, daromadlar va xarajatlar xarakatiga baho berish.
Dostları ilə paylaş: |