5. Xulosa va korxonani rivojlanish strategiyasini o ’rganish - korxonaning asosiy texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichliklari asosida umumlashgan holda korxona faoliyatiga baho berish;
- korxonani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni rejalashitirish, mahsulot hajmini ko‘paytirish, mahsulot sifatini yaxshilash, ishchilar ish vaqtidan foydalanishni yaxshilash, KPI tizimini o‘rganish, mustaqil fikr va xulosalar bayon qilish.
1.2-§. Amaliyotning kalendar rejasi Malakaviy amaliyoti kafedrada belgilangan amaliyot rahbari tomonidan ishlab chiqilgan, kafedra mudiri tasdiqlagan kalendar ish rejasi asosida amalga oshiriladi. Amaliyot rahbari kalendar rejani ushbu tartibga asosan, o‘quv jarayoniga moslashtiradi.
O‘quv rejasida malakaviy amaliyotga 4 hafta ajratiladi. Talaba amaliyot davrida kuniga 3 soat amaliyotni bajarish va hisobotni tayyorlash uchun vaqt sarflashi belgilangan. Amaliyot o‘tash vaqtining faoliyat turalari bo‘yicha taqsimoti quyidagicha: