Iqtisodiyot uchun kichik biznes sektorining


Kompaniya doirasida risklar diversifikatsiyasi



Yüklə 48,89 Kb.
səhifə5/15
tarix16.05.2023
ölçüsü48,89 Kb.
#114697
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Iqtisodiyot uchun kichik biznes sektorining

Kompaniya doirasida risklar diversifikatsiyasi


Biz oldingi boblardagi riskni pasaytirish va diversifikatsiyalash usullarini ko‘rib chiqqanda yirik kompaniyalar aktsionerlari qoidaga ko‘ra uning faoliyatini diversifikatsiyalashga urinishdan foyda olmasliklarini aniqladik. Amaliyoti mazkur xulosani tasdiqladi.
Aktsionerlar bunday ichki diversifikatsiyadan foyda ko‘rmaydilar,modomiki ular o‘z qimmatli qog‘ozlar portfellarini diversifikatsiyalash yo‘li bilan bunday natijaga erishishlari mumkin. Yuqorida keltirilgan sabablarga ko‘ra kichik biznes kompaniyalari aktsionerlari doimo ham buni qila olmaydilar. Shuning uchun kompaniyalarning o‘ziga xos riksini pasaytirishda ular uchun buni bajarish maqsadga muvofiq. Kompaniyalarning kichik ko‘lamini hisobga olib ichki diversifikatsiyalashdan ko‘riladigan foyda yirik kompaniyalarga qaraganda ancha past bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari diversifikatsiyalash kompaniya tomonidan faoliyatning ayrim shakllarini amalga oshirishga olib kelish ehtimoli mavjud, uni boshqarish uchun esa kompaniya etarli layoqatga ega emas.


12..5. Moliyalashtirish manbalari


Bir necha yil mobaynida Buyuk Britaniyada hukumat tomonidan moliyalashtiriladigan bir qator tadqiqotlar o‘tkazildi, ularning ko‘p qismi kichik biznes kompaniyalarini moliyalashtirishga tegishli edi; masalan 1980-yilda Uilson qo‘mitasi moliyaiv institutlar faoliyatini tahlil qildi. Har bir tadqiqot u yoki bu miqdorda kichik kompaniyalar uchun tashqi moliyaviy manbalarni jalb qilish yirik biznesga qaraganda qatta qiyinchiliklar bilan sodir bo‘lishi va ancha qimmat turishini aniqladi. Shuning uchun ular asosan o‘z faoliyatidan olingan pul mablag‘laridan foydalanishga majbur.
Yirik kompaniyalar asosiy moliyalashtirish manbasi sifatida taqsimlanmagan foydaga kuchli bog‘liq bo‘ladi, qimmatli qog‘ozlar so‘nggi yillar uchun moliyaviy resurslarni jalb qilishning umumiy hajmining 25% ni tashkil qiladi.
Shubhasiz, kichik biznes korxonalari moliyalashtirish olishda ayrim muammolar bilan haqiqatda to‘qnash kelmoqdalar. Kichik biznes tarmog‘ida o‘tkazilgan turli xil tadqiqotlar to‘g‘risidagi ma’ruza natijalari kichik biznes uchun tashqi moliyalashtirish amaliyotlarini engillashtirishda ko‘p sonli loyiha hamda agentlarni tashkil qilishga turtki berdi. Yaqinda o‘tkazilgan tadqiqotlar kichik kompaniyalar uchun mumkin bo‘lgan moliyalashtirish manbalari ko‘p emasligini aniqladi, bunday manbalar mavjudligi to‘g‘risida esa kichik kompaniyalar rahbarlari
etarlicha xabardor emas. Buyuk Britaniyada kichik biznes faoliyatidagi axborot bo‘shliqlarini bartaraf qilishga zarurat aniqlandi
NatWest/SBRT tomonidan taqdim qilingan va Angliya banki tomonidan e’lon qilingan ma’lumotlarga ko‘ra (BankofEngland 2003b), eng kichik kompaniyalar jiddiy masalalarni moliyalashtirish imkoniyatiga ega emas deb hisoblanadi: faqatgina 1% kichik biznes sub’ektlari buni eng muhim muammo deb tan oldilar. Moliyalashtirishdan foydalan olish tadqiqotda faqatgigan ahamiyatiga ko‘ra o‘n birinchi muammo sifatida keltirildi. Ancha ko‘p respondentlar davlat boshqaruvi va qog‘ozbozlik muammolari, shuningdek umumiy iqtisodiy muhitning muammolarini tan oldilar .
Shubhasiz kichik kompaniyalar uchun tashqi moliyalashtirishni olish hali ham ma’lum qiyinchiliklar va katta xarajatlar bilan bog‘liq. Ammo mazkur kompaniyalardagi menejerlar va aktsionerlar har qanday holatda ham mazkur masala bo‘yicha ta’sirga ega barcha sub’ektlar va ayniqsa britaniya hukumati holatni yaxshilashga intilayotganligi sababli xotirjam bo‘lishlari mumkin.

Yüklə 48,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin