Dividend daromadini baholash bilan bog‘liq bo‘lgan yondashuv shunday farazga asoslanganki, ikkita turli kompaniyalarning oddiy aksiyalari agar mazkur kompaniyalar ko‘lam, faoliyat shakli, moliyaviy leverej va dividend shaklida
to‘lanadigan foyda ulushiga ko‘ra yaqin bo‘lsalar taxminan bir xil dividend daromadini berishlari kerak. Agar bunday kompaniyalardan birining aksiyalari qandaydir samarali bozorda ro‘yxatga olingan va kotirovka qilingan bo‘lsa bu shunga o‘xshash boshqa kompaniyani ham baholash imkonini beradi .
Misol 12.1
A plc va B Ltd kompaniyalari o‘lchami, faoliyat shakli, moliyaviy leverej va dividend qoplamasiga ko‘ra o‘xshash. A plc kompaniyasi fond birjasida ro‘yxatga olingan , B Ltd kompaniya esa— yo‘q. A plckompaniya uchun dividend daromadliligi 10% ni tashkil qiladi ; B Ltd kompaniya yaqinda har bir aksiyaga 0.15 funt qiymatida har yillik dividendlarni to‘ladi. B Ltd kompaniyaning har bir aksiyalari qiymati qanday?
Yechim:
Quyidagini yodga olamiz:
dividend daromadi = to‘langan dividendlar (jami to‘lovlar)/ har bir aksiyaning joriy bozor qiymati. va daromad solig‘i stavkasi 10% ni tashkil qilishini hisobga olib quyidagiga ega bo‘lamiz:
10% =0,15 *100/90/pB
bunda pB – bir aksiyaning qiymati B Ltd.
Natijada quyidagiga ega bo‘lamiz: pB = 1,67 f. st. har bir aksiya uchun.
Dividend daromadi bo‘yicha biznesni baholash usulidan foydalanganda ahamiyatga ega bo‘lgan quyidagi omillarni qayd qilish zarur:
Birja listingiga ega bo‘lgan kompaniyalarni topish murakkabligi va yuqorida sanab o‘tilgan parametrlarga ko‘ra taqqoslash ob’yektivligini ta’minlash uchun bozorda aksiyalari kotirovka qilinmaydigan kompaniyalarni ko‘rib chiqamiz;
dividendlarning joriy darajasi aksiyalar qiymatini belgilashda ahamiyatga ega bo‘lishi to‘g‘risidagi faraz haqqoniyligiga shubha;
aksiyalarning qiymati ko‘proq kelgusida kutilayotgan dividendlarga bog‘liq bo‘ladi. Oldingi davrda to‘langan dividendlar faqat kelgusida prognoz uchun mo‘ljal sifatida foydalanilishi mumkin;
ro‘yxatga olingan aksiyalar bilan taqqoslaganda ularning qiymatini kamaytiruvchi listingdan o‘tmagan aksiyalarning etarlicha likvid emasligi. Amaliyotda mazkur yondashuv qoidaga ko‘ra aksiyalarning minoritar paketini baholashda foydalaniladi. Bu shu bilan tushuntiriladiki aksiyalarning nazorat paketiga ega bo‘lmagan aktsioner kompaniya faoliyatida kichik ta’sirga ega bo‘ladi va faqat dividend oladi .