Iqtisodiyot” fakulteti “tarmoqlar iqtisodiyoti” kafedrasi malaka (1)
1.Moliya va moliyaviy tizim haqida Moliya arabcha so’z bo’lib,o’zbek tilida “pul mablag’lari “ ma’nosini anglatadi.
Moliya so’zi lug’aviy ma’nosi jihatdan fransuzcha “finance”,lotincha “financia” va ruscha “finansi” so’zlarining ekvivalenti yoki ma’lum ma’noda sinonimi hisoblanib, eng avvalo, “daromad”, “pul mablag’lari” yoki “to’lov”degan ma’nolarda ham ishlatiladi.
Moliya — markazlashgan va markazlashmagan maqsadli pul fondlarini hosil qilish, jamlash, taqsimlash va qayta taqsimlash yoki ishlatish yuzasidan paydo boʻladigan iqtisodiy munosabatlarga aytiladi. M. iqtisodiyotning pul sektorida yuzaga keladi va daromadlar asosida yuz beradi. Pul sektori pul va pulga tenglashtirilgan aktivlarning harakati boʻlib, buning natijasida pul fondlari vujudga keladi. Maqsadli pul fondlari — bu M. resurslari yoki M. obʼyektidir. M. subʼyekti shu fondlarni yaratish, taqsimlash va ishlatishda ishtirok etuvchilar, yaʼni korxonalar (firmalar), turli xoʻjaliklar, xonadonlar, nodavlat jamoat tashkilotlari va davlat idoralaridan iborat. M. daromad hosil qilish va uni sarflashni anglatadi. Daromadlar ilk bor, yaʼni birlamchi taqsimlanganda korxona, davlat va xonadon M.si yuzaga keladi. Bu oʻrinda birlamchi daromadlar hosil boʻladi, korxona M. fondlarini tashkil etadi, ishlovchilar ish haqi oladi va bu xonadon daromadini hosil etadi, korxonalar byudjetga soliq toʻlaydilar va bu davlat daromadini yuzaga keltiradi. Daromadlar ikkilamchi taqsimlanganda byudjetdan trans-fertlar (toʻlovlar) va turli maxsus fondlar ajratiladi. Daromadlar kayta taqsimlanganda turli nodavlat va jamoat tashkilotlari korxonalardan, aholidan va byudjetdan pul olib, oʻzining maxsus fondlarini hosil etadi. M. pul munosabatlari sifatida iqtisodiyotda muhim vazifalarini bajaradi: 1. Taqsimlash vazifasi — jamiyat daromadi boʻlgan yalpi ichki mahsulot (YAIM) pul, qiymat shaklida iqtisodiyot subʼyektlari oʻrtasida boʻlinadi, ulardan har biri oʻz hissasini oladi, oʻz daromadiga ega boʻladi. 2. Rivojlantirish vazifasi — M. fondlaridan pul berish orqali iqtisodiyot subʼyektlarining faolligi yuzaga keltiriladi. Ragʻbatlantirish M. vositalarini qoʻllash orqali, chu-nonchi mukofotlash, subsidiya, subvensiya ajratish, jarima solish, sanatsiya va soliqlarni qoʻllash vositasida amalga oshiriladi. Bozor sharoitida asosiy ragʻbatlantirish vositasi soliq hisoblanadi. Soliqdan imtiyozlar berish soliq toʻlovchilarni qoʻliga tekkan daromadini oshiradi. Maqsadli imtiyozlar ularni yaxshi ishlashga undaydi. 3. Ijtimoi y himoya vazifasi — nochor aholi qatlamlari davlatdan, korxona va har xil nodavlat tashkilotlaridan va puldor fuqarolardan moliyaviy yordam oladi. Mazkur vazifani davlat byudjetining ijtimoiy himoya uchun ajratilgan mablagʻlari bajaradi. 4. Axborot berish vazifasi — mamlakat va ayrim subʼyektlarning moliyaviy ahvoli haqida axborot. Moliyaviy ahvolni tavsiflovchi axborot (koʻrsatkichlar) iqtisodiyotga tashhis qoʻyishga xizmat qiladi. 5. Nazorat vazifasi — moliyalashtirish yoʻsinida ajratilgan pulni naqadar maqsadli ishlatilishini pul beruvchilar nazorat qiladilar. Shu pulni oʻrinli yoki oʻrinsiz ishlatilishiga qarab moliyalashtirish koʻpaytiriladi, qisqartiriladi yoki umuman toʻxtatiladi.
Milliy iqtisodiyotning boʻgʻinlariga qarab turli darajada M. amal qiladi. Uning asosiy boʻgʻini quyi darajadagi yoki mikromoliyadir. Bunga korxona M. si (buni korporativ M. deb yuritiladi), xonadon M.si, jamoat tashkilotlari M.si, sugʻurtalash M.si kabilar kiradi. Davlat M.si makrodarajadagi M.ni tashkil etadi va milliy manfaatlarga xizmat qiladi. Niqoyat milliy iqtisodiyotning eng yuqori darajasi bu metimoliya boʻlib, bu tabiatan xalqaro M. munosabatlari hisoblanadi, mamlakatlararo yuz beradi, xalqaro M. tashkilotlari orqali amalga oshiriladi. Turli darajadagi M. oʻzining koʻlami bilan ajralib turadi. M. turli darajadagi moliyalashtirish usullari jihatidan ham farqlanadi. Korxona, sugʻurta va xonadon M.si oʻzini oʻzi moliyalashtirish qoidasiga tayanadi. Davlat moliyasi byudjetdan moliyalashtirish tamoyillarini qoʻllaydi. Turli nodavlat tashkilotlari va jamoat tashkilotlari qisman oʻzini oʻzi moliyalashtiradi. Milliy iqtisodiyotning mohiyati va funksiyalari moliya tizimi faoliyatida oʻz ifodasini topadi. Moliya — pul mablagʻlaridan foydalanish va uning harakatini tartibga solish bilan bogʻliq boʻlgan munosabatlar tizimi boʻlib, uning vositasida turli darajada pul mablagʻlari fondlari vujudga keltiriladi va ular takror ishlab chiqarish ehtiyojlari va boshqa ijtimoiy ehtiyojlarni qondirish maqsadida taqsimlanadi.
Moliya iqtisodiyot doirasida oʻzaro bogʻliq boʻlgan bir qator vazifalarni bajaradi.
Moliya iqtisodiy jarayon va tadbirlarni moliyaviy taʼminlash, ularga xizmat koʻrsatish vazifasini bajaradi.
Moliyaning taqsimlovchi vazifasi moddiy ishlab chiqarish sohalarida yaratilgan yalpi milliy mahsulotni, ayniqsa, uning milliy daromadni tashkil qiluvchi qismini davlat va mulkchilikning turli shakllariga asoslangan korxonalar, iqtisodiyot tarmoqlari, moddiy ishlab chiqarish sohalari, mamlakat hududlari oʻrtasida taqsimlash va qayta taqsimlashda namoyon boʻladi.
Moliyaning ragʻbatlantiruvchilik vazifasi, birinchidan, yaratilgan mahsulot qiymatini taqsimlash jarayoni orqali, ikkinchidan, pul fondlarini tashkil qilish va sarflash mexanizmi orqali amalga oshiriladi.
Moliyadan ishlab chiqarish, taqsimlash va isteʼmol ustidan nazorat qilish vositasi sifatida foydalaniladi. Moliyaviy nazorat korxona (firma)larning moliya intizomiga rioya qilish uchun moddiy javobgar boʻlish tizimi, turli soliqlar undirib olish va mablagʻ bilan taʼminlash tizimi orqali amalga oshiriladi.
«Moliya» fani iqtisod sohasi uchun mutaxassislar tayyorlash tizimida eng asosiy o'rinlardan birini egallaydi. Moliya so'zi ona tilimizda quyidagi ko'rinishlarda ishlatiladi:
• maqsadli pul fondlarini hosil qilish, jamlash, taqsimlash va ishlatish yuzasidan paydo bo'ladigan iqtisodiy munosabatlar majmui; pul mablag'larini shakllantirish, taqsimlash, ulami sarf qilish tizimi (masalan, moliya yili, moliya kapitali, moliya tizimi);
• biror shaxs, oila, jamoa, muassasa, tashkilot yoki davlat tasarrufidagi pul mablag'lari (masalan, korxona moliyasi);
• shunday (moliya) ishlar(i) bilan shug'ullanuvchi davlat organi (so'zlashuv tilida)
Arab tilidagi «mol», ya'ni «boylik, mulk; pul jamg'armasi», shuningdek, «moliyat», ya'ni «pul mablag'lari; soliq» so'zlari ham moliyaga daxldordir.
Moliya davlatning vujudga kelishi va uning resurslarga bo'lgan ehtiyojining rivojlanishi bilan doimiy (uzluksiz) tovar-put munosabatlari sharoitida paydo bo'ldi. Davlatning mavjudligi yaratilayotgan iqtisodiy (moddiy) ne'matlarni taqsimlash va qayta taqsimlash bo'yicha oliy hokimiyat organi (shaxsi) sifatida davlat va takror ishlab chiqarish munosabatJarining boshqa ishtirokchilari (sub'ektlari) o'rtasida ma'lum bir munosabatlarning o'rnatilishini taqoza etadi. Xususan, ana shu munosabatlar «moliya» tushunchasi orqali ifodalangan.
Natural munosabatlar ustunlik qHgan jamiyatlarda taqsimlash va qayta taqsimlash jarayonlari natural soliqlar va turli ko'rinishdagi shaxsiy to'lovlar ko'rinishicha ega bo'igan. Tovar-pul munosabatlarining rivojlanishi taqsimlash va qayta taqsimlash munosabatlari shakllarining o'zgarishiga olib keldi - ular ko'proq ravishda pul xarakteriga ega bo'idi. Biroq bu munosabatlarning mazmun-mohiyati prinsipialjihatdan keskin o'zgarmay qolaverdi.
Zamonaviy tasavvurdagi «moliya» tushunchasi davlat xazinasining shakllanishi va davlat byudjetining vujudga kelishi bosqichida paydo bo'ldi.
Qayd etish lozimki, moliya va moliyaviy munosabatJarning mohiyati haqidagi tasavvurlar vaqt o'tishi bilan o'z ko'rinishini o'zgartirib borgan.
Korporativ tipdagi (ustav kapitalining hissali aksionerlik shaklidagi) milliy va transmilliy tashkilotlarning vujudga kelishi bilan bog'Jiq holda tovar ishlab chiqarishning keng ko'lamlarda rivojlanishi takror ishlab chiqarish jarayoninning turli ishtirokchilari o'rtasida pul mablag'larini jalb qilish, ulardan foydalanish va taqsimlash metodlari hamda usullarining takomillashuviga olib keldi. Tovarlar harakatidan alohidalashgan ajralgan pul mablag'larining harakati masalalari bu taqsimlash jarayonlarida alohida ahamiyat kasb etadi. Ular bir tomondan, kreditning turli shakllari va ikkinchi tomondan, turli sub'ektlar o'rtasida YaIM qiymatini taqsimlash va qayta taqsimlash bilan bog'liqdir. Bir vaqtning o'zida, ularning har biri amaldagi huquqiy normalar yoki ishbilarmonlik aylanmasining tartibiga muvofiq ishlab chiqarilgan mahsulotdan o'z hissalarini olishga harakat qiladilar. Bu moliyaviy munosabatlar sohasidir.
Umuman,moliyaning jamiyat jihatdan, iqtisodiy jihatdan mohiyati, rivoshlanish shartlari, tovar-pul munosabatlarini qamrab olish sohasi va mamlakatimiz mahsulot ishlab chiqarish sohasida tutgan o’rni - jamiyatning iqtisodiy tuzumi, davlatning tabiati va qiladigan ishlari bilan belgilanadi.Moliya tarixan bor fikr(kategoriya) bo’lgani uchun ham moliyaning vujudga kelishi jamiyatning sinflarga bo'linishi va davlatning paydo bo'lishi bilan bog'liqdir. Moliyaning belgilari ko’p, shu sabali quyidagilar moliyaning muhim belgilaridir:
• qiymatning tovar shaklidagi harakatiga emas, aksincha, real pullarning harakatiga bog'liq bo'lgan, huquqiy normalar yoki biznesni yuritish etikasiga asosLangan munosabatlarni taqsimlashga qaratilganligi;
• pul mablag'lari harakatining, odatda, bir tomonlama yo'nalishga ega ekanligi;
• markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan pul fondlarini yaratish (vujudga keltirish).
Moliya quyidagilar o'rtasida vujudga keladigan pul munosabatlarini ifodalaydi:
• tovar-moddiy boyliklarni sotib olish, mahsulot va xizmatlami realizatsiya qilish jarayonida korxonalar o'rtasida vujudga keladigan pul munosabatlari;
• markazlashtirilgan pul mablag'lari fondlarini yaratish va ularni taqsimlash borasida korxonalar va ulaming yuqori organlari o'rtasida vujudga keladigan pul munosabatlari;
• byudjet tizirniga soliqlarni to'lash va xarajatlarni byudjetdan moliyalashtirish davomida korxona va davlat o'rtasida vujudga keladigan pul munosabatlari;
• soliqlar va boshqa ixtiyoriy to'lovlarni to'lash jarayonida davlat va fuqarolar o'rtasida vujudga keladigan pul munosabatlari;
• to'lovlarni amalga oshirish va resurslarni olish jarayonida korxonalar, fuqarolar va nobyudjet fondlari o'rtasida vujudga keladigan pul rnunosabaUari;
• byudjet tizimining alohida bo'g'inlari o'rtasida vujudga keladigan pul munosabatlari;
• sug'urta badallarini to'lash va zararlarni qoplash, sug'urta hodisasi ro'y bergan paytda aholi, korxonalar harnda mulkiy va shaxsiy sug'urta organlari o'rtasida vujudga keladigan pul rnunosabatlari;
• korxona fondlarining doimiy doiraviy aylanishiga xizmat qiluvchi pul munosabatlari.