Iqtisodiyot” fakulteti “tarmoqlar iqtisodiyoti” kafedrasi malaka (1)
Byudjet xarajatlari. Byudjet xarajatlari -- davlatning o'z ishlari va vazifalarini bajarishi bilan bog'liq ravishda vujudga kelgan chiqimlar.
Byudjet xarajatiari umumiy moliyaviy fikr(kategoriya) bo'lgan byudjetning ko'rinishlaridan biri bo'lib, unga tegishli bo'lgan umumiy xususiyatlarga egadir, ya'ni ular taqsimlash xarakteriga ega, ifodalanishning pul shakli xos, pul fondlarining amal qilishi bilan bog'langan va davlat tomonidan tashkil qilinadi. Shu bilan birgalikda byudjet xarajatlari bir butunning o'ziga xos qismi bo'lganligi uchun ular davlatning markazlashtirilgan pul fondlari mablag'laridan foydalanish va tegishli fondlarni shakllantirish bilan bog'liqdir. Bu taqsimlash munosabatlarining moddiy buyumlashgan shakli turli sohalarga yo'naltirilayotgan byudjet mablag'larining harakatidan iboratdir.
Byudjet xarajatlarining iqtisodiy mohiyati uning turli-tuman ko'rinishlari (turlari) orqali namoyon bo'ladi. Xarajatlarning har bir turi o'zining miqdoriy va sifat tavsifiga ega. Ularning sifat xarakteristikasi voqelikning iqtisodiy tabiatini ifodalab, byudjet xarajatlarining mo'ljallanganligini, miqdoriy xarakteristika esa ularning o'lchamini (miqdorini, hajmini) aniqlashga imkon beradi.
Jamiyatning iqtisodiy hayotida byudjet xarajatlarining o’rni va ahamiyatini aniqlash uchun ularni ma'lum sabablarga ko'ra ajrata olish maqsadga muvofiqdir. Nazariya va amaliyotda byudjet xarajatlarini klassifikatsiya qilishning bir necha belgilari mavjud. Ular o'zlarining iqtisodiy mazmuni, funksionalligi, mahalliy qayta ishlab chiqarish, ishlab chiqarish tarmoqlari va faoliyat turlari yoki idoraviy bo'linishi, ijtimoiy mo'ljallanganligi bo'yicha, hududiy turkumlanishi, ma'lum maqsadlari va yuridik nuqtai nazardan yoki davlat boshqaruvi darajasiga ko'ra alohida guruhlarga ajratilishi mumkin.
Iqtisodiy ma’nosiga ko’ra byudjet xarajatlari 2 turga bo’linadi:
1.Kapital xarajatlar;
2.Joriy xarajatlar.
Byudjetning kapital xarajatlari – innovatsion va investitsion faoliyatga yo'naltirilgan xarajatlardir.Bu xarajatlarning tarkibi quyidagilardan iborat:
a)tasdiqlangan investitsion dasturga muvofiq harakatdagi yoki yangidan tashkil etilayotgan yuridik shaxslarga investitsiyalar uchun mo'ljallangan xarajatlar;
b)yuridik shaxslarga investitsion maqsadlar uchun byudjet kreditlari sifatida beriladigan mablag'lar;
c)kengaytirilgan takror ishlab chiqarish bilan bog'liq bo'lgan kapital ta'mirlashni amalga oshirish xarajatlari va shu bilan bog'liq bo'lgan boshqa xarajatlar;
d)amalga oshirilishi davlat mulkiga tegishli bo'lgan mulkni oshirish yoki uni yangidan yaratishga olib keladigan xarajatlar;
e)byudjet xarajatiarining iqtisodiy turkumlanishiga muvofiq byudjetning kapital xarajatlari tarkibiga kiritiladigan boshqa xarajatlar kiradi.
Byudjetining kapital xarajatlari tarkibida Taraqqiyot byudjeti shakllantirilishi mumkin.
Byudjetning joriy xarajatlari -- davlat hokimiyat organlari, mahalliy o'z-o'zini boshqarish organlari, byudjet tashkilotlarining joriy faoliyatini ta'minlashga yo'naltirilgan byudjet xarajatlari, boshqa byudjetlar va iqtisodiyot alohida tarmoqlariga dotatsiya, subsidiya va subvensiya shaklida ko'rsatiladigan, davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash bilan bog'liq bo'lgan xarajatlar va byudjet xarajatlarining turkumlanishiga muvofiq, kapital xarajatlarning tarkibiga kiritilmagan boshqa xarajatlar.Bu xarajatlarning tarkibi quyidagilardan iborat bo’lishi mumkin:
a) davlat iste'moli xarajatlari (iqtisodiy va ijtimoiy infratuzilmani, milliy xo'jalikning davlat tarmoqlarini saqlash, fuqarolik va harbiy xarakterdagi tovarlar va xizmatlarni sotib olish, davlat muassasalarining joriy xarajatiari);
b) hokimiyatning quyi organlari, davlat korxonalari va xususiy korxonalarga joriy subsidiyalar;
c) transfert to'lovlari;
d) davlat qarzlari bo'yicha foizlarni to'lash;
e) boshqa xarajatlar.
Yuqoridagi fikrda aytilgan dotatsiya,subsidiya,subvensiya so’zlarini ma’nosi va ta’rifini keltirmoqchiman: