Iqtisodiyot


I-BOB. KLASSIK IQTISODIY MAKTAB NAZARIYALARINING SHAKLLANISHI



Yüklə 66,78 Kb.
səhifə2/7
tarix06.09.2022
ölçüsü66,78 Kb.
#63439
1   2   3   4   5   6   7
Fransuz klassik maktablari (F. Buagelberg va F.Kenelarning iqtisodiy nazariyalari)




I-BOB. KLASSIK IQTISODIY MAKTAB NAZARIYALARINING SHAKLLANISHI

    1. KLASSIK IQTISODIY MAKTAB PAYDO BOLISHININGTARIXIY SHART SHAROITLARI

Merkantilizmning yemirilishi va klassik siyosiy iqtisod maktabining paydo bo‘lishi (Angliyada) XVII asrga to‘g‘ri keladi. XVI asrning o‘rtalarida boshlangan manufaktura davri XVII asrga kelib sanoatning ayrim tarmoqlarining rivojlanishiga olib keldi. Ayni paytda, qishloq xo‘jaligida ham kapitalizm rivojlana boshladi. Buyuk Britaniya iqtisodiyoti dunyoda eng rivojlangan mamlakatga aylandi. XVIII asrga kelib bu erda kapitalistik ishlab chiqarish munosabatlari faqat savdoda emas, balki sanoat va qishloq xo‘jaligida ham g‘alaba qozondi. Bu jarayon mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotiga yo‘l ochib berdi. Ijtimoiy ishlab chiqarishning rivojlanishiga imkoniyat, tadbirkorlar tashabbusiga erkinlik berishga harakat qilgan kapitalistik tuzumning afzalliklarini nazariy jihatdan asoslab beradigan iqtisodiy ta’limotlar endi taqozo etila boshladi.
Demak, bu davrga kelib iqtisodiy ta’limotlarni rivojlantirish uchun, ya’ni iqtisodiyotni ob’ektiv tahlil qilish uchun qulay sharoit yaratildi. Mana shu sharoitda yashab ijod qilgan U.Petti, A.Smit, D.Rikardo, F.Kene va klassik siyosiy iqtisod maktabining boshqa vakillari iqtisodiyotni ilmiy nuqtai nazardan tadqiqot qildilar. Haqiqatan ham, mazkur davr yangi klassik siyosiy iqtisod maktabining boshlanganini bildiradi. Uning klassik deb atalishining asosiy sababi, eng avvalo, uning ko‘plab nazariy va metodologik qoidalari chinakam ilmiy bo‘lib, ular zamonaviy iqtisodiy nazariya asosini tashkil etishidir. Aynan klassik siyosiy iqtisod vakillari tufayli iqtisodiy nazariya ilmiy fan maqomiga ega bo‘ldi. Angliyada klassik siyosiy iqtisod maktabining dastlabki vakili U.Petti bo‘lsa, Franstiyada – P.Buagilber, F.Kene, A.Tyurgo hisoblanadi. Keyinchalik, bu maktab ta’limoti A.Smit, D.Rikardo J.B. Sey, T.Maltus tomonidan rivojlantirildi va J.S. Mill, K.Marks tomonidan yakunlandi. Ularni biz keyingi mavzularda ko‘rib chiqamiz.

Yüklə 66,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin