Iqtisodiyot va biznes sohasida axborot texnologiyalari roli



Yüklə 17,78 Mb.
səhifə11/20
tarix28.11.2023
ölçüsü17,78 Mb.
#168351
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   20
taqdimot

Boshqaruv axborot tizimi

  • Boshqaruv axborot tizimi (Management İnformation System, MIS) - bu menejerlar va qaror qabul qiluvchilarni tashkilot maqsadlariga erishishda yordam beradigan axborotlar bilan ta’minlaydigan odamlar, protseduralar, ma’lumotlar bazalari va qurilmalarning integratsiyalashgan to‘plami.
  • MISlar ko‘pincha kompaniyalar va boshqa tashkilotlarga kerakli axborotlarni kerakli formatda va kerakli vaqtda taqdim etish orqali raqobatdosh ustunlik berishi mumkin.

MISning muhim rollaridan biri - to‘g‘ri axborotni kerakli vaqtda to‘g‘ri formatda kerakli shaxsga taqdim etishdir. Boshqacha qilib aytganda, MIS menejerlarga samarali qaror qabul qilishni qo‘llab-quvvatlaydigan va kundalik operatsiyalar bo‘yicha fikr-mulohazalar (feedback)ni ta’minlab beruvchi axborotlarni taqdim etadi.

  • MISning muhim rollaridan biri - to‘g‘ri axborotni kerakli vaqtda to‘g‘ri formatda kerakli shaxsga taqdim etishdir. Boshqacha qilib aytganda, MIS menejerlarga samarali qaror qabul qilishni qo‘llab-quvvatlaydigan va kundalik operatsiyalar bo‘yicha fikr-mulohazalar (feedback)ni ta’minlab beruvchi axborotlarni taqdim etadi.
  • Axborot oqimlari, ya’ni biznes tranzaktsiyalari tashkilotga an’anaviy usullar, Internet yoki extranet orqali kiritilishi mumkin, bunda mijozlar va yetkazib beruvchilar korxonaning ERP yoki tranzaktsiyalarni qayta ishlash tizimlari (TPS) bilan bog‘lanadi.
  • MISlardan foydalanish boshqaruvning barcha darajalarini qamrab oladi. Ya’ni ular butun tashkilot bo‘ylab xodimlarni qo‘llab-quvvatlaydi va ular tomoidan foydalaniladi.

Use Case: Buxgalteriya axborot tizimlari

  • Use Case: Buxgalteriya axborot tizimlari (BuAT)da boshqaruv jarayonlari va axborot oqimlarini o‘rganish.
  • Buxgalteriya hisobi murakkab va vaqt sarflaydigan jarayondir, shuning uchun buxgalteriya axborotlarni qayta ishlashda kompyuter texnologiyasidan foydalanish shart.
  • Avtomatlashtirilgan buxgalteriya axborot tizimlariga o‘tishning quyidagi sabablari mavjud:
    • hujjatlarni qayta ishlash, mehnat xarajatlarini kamaytirish ishlarini osonlashtirish;
    • xatolarni kamaytirish;
    • balans hisobotini tayyorlash jarayonini osonlashtirish;
    • buxgalteriya hisobi samaradorligi va ishonchliligini oshirish;
    • tezkorlikni oshirish.

Yüklə 17,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin