Chrome DevTools - bu veb-ishlab chiquvchilar uchun to'g'ridan-to'g'ri Google Chrome brauzeriga integratsiyalangan veb-mualliflik va dastur sozlash vositalari to'plami.
4. Buddy
Buddy veb-dasturchining dasturiy ta'minot ishlab chiqish vositasidir. Ilovalarni o'rnatish, sinovdan o'tkazish va ishlab chiqish uchun vositalar ta’minlovchi manba.
5. IntelliJ IDEA
IntelliJ IDEA Java dasturlarini ishlab chiqish uchun Java asosidagi IDE hisoblanadi. Java dasturchilari tomonidan eng ko'p qo'llaniladigan dasturlardan biridir. O'rnatilgan versiya boshqaruvi, o'rnatilgan terminal, sozlash va boshqa imoniyatlari mavjud.
6. HTML5 Builder Mobil va onlayn ilovalar yaratish uchun foydalaniladigan HTML5 Builder ko'plab imkoniyatlarni taklif qiladi. U moslashuvchan va eng tezkor dasturiy ta'minotni ishlab chiqish vositalaridan biri. 7. Azure Veb-ilovalarni ishlab chiqish, boshqarish va yaratishga imkon beradi. Azure juda tez va ko'plab dasturlash tillari, qurilmalari, operatsion tizimlari bilan ishlay oladi. 8. Visual Studio Code Dasturiy ta'minot ishlab chiquvchilariga eng keng tarqalgan kodlar muharriri - Visual Studio Code (odatda VS Code sifatida tanilgan) hisoblanadi. Bu kodni to'ldirish (IntelliSense), sintaksisni ajratib ko'rsatish, avtomatik moslash va o'rnatilgan buyruq qatori interfeysi kabi xususiyatlarga ega mustahkam ochiq kodli kod muharriri.