Axborot- kommunikatsiya texnologiyalari va raqamli iqtisodiyot
Axborot texnologiyalari:
Axborot texnologiyalari axborot sanoatini eng muhim tarkibiy qismlaridandir. Zamonaviy axborot texnologiyasi kompyuter texnikasi va aloqa vositalari sohasidagi yutuqlariga tayanadi.
Axborot texnologiyasi – bu obyekt, jarayon yoki hodisaning holati haqida yangi sifatga ega axborot olish uchun ma’lumotlarni yig‘ish, qayta ishlash va uzatish vosita va uslublari jamlanmasidan foydalanadigan jarayondir.
Axborot texnologiyalari – axborotni to‘plash, saqlash, izlash, unga ishlov berish va uni tarqatish uchun foydalaniladigan jami uslublar, qurilmalar, usullar va jarayonlar.
Axborot texnologiyalari bugungi kunda hayotimizning barcha sohalarini qamrab olgan, uning rivojlanish bosqichlari hisoblash texnikasi rivojlanishi bilan bevosita bog‘liqdir.
Axborot texnologiyalari jamiyat axborot resurslaridan foydalanishning eng muhim jarayonlari bilan bog‘liqdir.
Axborot texnologiyalarining turlari:
Videotexnologiya- ma’lumotlarni turli tasvirlash ko‘rinishida ifodalaydi.
Multimedia texnologiya- ixtiyoriy ma’lumotlarni kompleks ko‘rinishda tasvirlashga asoslangan. Bu texnologiya matnlar, grafiklar, chizmalar, tasvirlar, tovushlar va harakatlarni yagona bir tizimga birlashtirib namoyish etadi.
Neyrokompyuterli texnologiyalar- mikroprotsessorlar bazasida bir-biriga o‘zaro bog‘langan maxsus neyrokomponentalardan foydalanadi. Bu texnologiya asab katakchalarining hatti-harakatlarini modellashtirishga asoslangan.
Obyektga yo‘naltirilgan texnologiyalar- Bir nechta obyektlarning hamkorlikda ishlashini ta’minlaydi va loyihalash hamda dasturlash jarayonlarida kompyuter tizimlarini tuzishda qo‘llaniladi: