AKTni milliy iqtisodiyot tarmoq va sohalarida qo‘llash. Raqamli iqtisodiyot shakllanishi
Raqamli iqtisodiyot - AKTga asoslangan iqtisodiyot bo‘lib, uni ba’zan onlayn iqtisodiyot yoki veb-iqtisodiyot deb ham atashadi.
Texnik xususiyatlariga yuzlanadigan bo‘lsak, raqamli iqtisodiyot quyidagi asosiy tarkibiy qismlarni o‘z ichiga oladi:
texnologik infratuzilma – apparat ta’minot, dasturiy ta’minot va aloqa tarmoqlari;
raqamli jarayonlar – biznes va boshqa turdagi faoliyatni muvaffaqiyatli ta’minlaydigan jarayonlar;
elektron tijorat - Internet orqali maxsulotlar va tovarlarni sotish.
O‘zbekiston Respublikasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari industriyasini rivojlantirishning tamoyillari quyidagilardir:
Birinchidan, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish, davlat muassasalari va xo‘jalik subyektlari, muassasa va tashkilotlar, xususiy shaxslar uchun axborot xizmatlarini yo‘lga qo‘yish;
Ikkinchidan, iqtisodiyot, fan, ta’lim va ijtimoiy sohalarida avtomatlashtirilgan axborot tizimlarini keng ko‘lamda joriy qilishni ta’minlash asosida elektron hukumat uchun zamin yaratish;
Uchinchidan, respublikaning jahon axborot tizimlari va xalqaro tarmoqlariga ulanganligi asosida undagi milliy axborot resurslarining ulushini yuksaltirib borish.
Yuqoridagi uch asosiy tamoyildan kelib chiqqan holda quyidagi asosiy vazifalar hal etilishi talab qilinmoqda:
axborotlarga tovar sifatida qarashni ta’minlovchi va rag’batlantiruvchi huquqiy va iqtisodiy me’yorlarni joriy etish;
axborotlarni taqdim etish, saqlash va uzatishga oid xalqaro standartlarga rioya qilish;
ushbu industriyani shakllantirish va rivojlantirish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, kompyuter va telekommunikatsiya texnikasi, dasturiy vositalar ishlab chiqarishni o‘zlashtirish, ma’lumotlar bazasi va dasturiy mahsulotlar eksportini yo‘lga qo‘yish, axborot xizmatlari bozorini shakllantirish;
ma’lumotlarni uzatish milliy axborot hisoblash tarmog‘i, davlat xizmati va tuzilmalari idoraviy tarmog‘i, vazirlik va idoralar, korxona va tashkilotlar, xususiy va tijorat lokal axborot tarmoqlarini, ilmiy texnikaviy fanlar, avtomatlashtirilgan ish o‘rinlarini yaratish va rivojlantirish;